Kolumnistlar

Dronlardan ham koʻproq: Eron Rossiyaga nima bera oladi?

© Press-slujba prezidenta RF / Fotobankka oʻtishRabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Iran
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Iran - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Vladimir Putin beshinchi marotaba Eronga tashrif buyurmoqda. Bu koʻpmi yoki kam? Agar Putin mamlakatga rahbarlik qilgan 2000 yildan hisoblansa koʻp emasdek.
Ammo, agar tashriflar sanasidan hisoblansa- umuman boshqacha manzara: yaʼni hozirgi tashrifning soʻnggi yetti yillikdagi toʻrtinchisi ekanligi aniq boʻladi.
Ha, Putin ilk bor Tehronga 2007 yilda kelgan, ammo muntazam tashriflar 2015 yildan boshlangan. Qolaversa, Putinning tashriflari ish xarakteriga ega, u hech qachon islom respublikasida rasmiy tashrif bilan boʻlmagan. Uning har bir tashrifi Eron poytaxtida oʻtkazilgan qandaydir koʻp tomonlama tadbirlar bilan bogʻliq boʻlgan: Kaspiy forumi, gaz eksport qiluvchi mamlakatlar sammiti... Yoki xuddi shu safargidek, “Ostona formati” uchrashuvlarida Rossiya-Turkiya-Eronning uch tomonlama sammiti kabi. Ushbu “katta uchlik” besh yil avval Suriyadagi mojarolarni bartaraf etish yoʻllarini topish maqsadida paydo boʻlgan edi. Ammo allaqachondan buyon Suriya muammolaridan oʻzib ketdi. Chunki, bu uch mamlakatning barchasi chindan suveren mamlakatlar sirasiga kiradi- ularning muhokamalar uchun mavzulari bor.
Qolaversa, agar Turkiyaning ham mintaqaviy ham dunyoviy masalalarda obroʻsi (ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash tarafdorlari ham, muxoliflari ham) juda yaxshi tushunilgan boʻlsa, Eronning roli koʻp yillardan buyon yetarlicha baholanmagan. Aniqrogʻi- mutlaqo notoʻgʻri baholangan. Sababi oddiy: bizning Gʻarbga yoʻnaltirilgan ekspertlar hamjamiyatimiz buyuk qoʻshnimizga asosan Gʻarbning koʻzoynaklari orqali qaragan: yakkamoxov mamlakat, raketa tutgan va atom bombasini xohlayotgan mullalar, teokratiya, qatagʻon rejimi, Uzoq Sharq, umuman butun dunyoga tahdid, islom fanatiklari va hokazo. Umuman olganda, ilgʻor, maʼrifatli va boy Gʻarb bilan taqqoslanmaydigan qandaydir sharqiy tuynuk.
Yoʻq, siyosiy rahbariyat Eronga boshqacha nazar bilan qaragan, ammo bizning xalqimiz islom respublikasi haqida nimani bilar edi? Eng yomon vaziyatda- gʻarb propogandasining hikoyalari, eng yaxshi holatda esa - “ Kinosayohatchilar klubi”ning qandaydir aks-sadolari. Hatto bizning 2014 yilda Sharqqa qarab burilishimiz janubiy qoʻshnimizni idrok etishni oʻzgartirmadi : Rossiyada haqiqiy Eronni yaxshi bilishmaydi.
Biroq, biz hozir 20 yoki 25 yillik har tomonlama strategik hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma tuzish harakatidamiz. U shu yilning oʻzida imzolanishi mumkin: yanvar oyida yangi prezident Ibrohim Raisiy Moskvada Eron shartnomasi loyihasini Vladimir Putinga topshirdi, oʻtgan oy esa Sergey Lavrov Rossiya variantini Tehronga olib bordi. Rossiya va Eron harbiy ittifoqchi boʻlmaydi (garchi harbiy-texnikaviy hamkorlik borgan sayin qoʻshma mashgʻulotlar bilan toʻldirib borilsada). Ammo munosabatlarimiz juda jiddiy rivojlanmoqda.
Qolaversa, Eron Rossiya bilan koʻp tomonlama hamkorlikka yanada faolroq jalb qilinmoqda- u allaqachon SHHTga aʼzo boʻldi (kuzda aʼzo boʻlish jarayonlari yakun topadi), BRIKSga ham aʼzo boʻlmoqchi. Yaʼni soʻz ikki davlat oʻrtasida ham ikki tomonlama formatda, ham jahon miqyosida strategik hamkorlikning toʻlaqonli yoʻnalishi haqida bormoqda. Rossiya va Eron oʻzaro hamkorlik uchun ulkan salohiyatga ega- savdodan tortib Boltiqboʻyini Arab dengizidagi Eron portlari bilan, yaʼni Kaspiy dengizi orqali Hindiston bilan Yevropani bogʻlaydigan “Shimol-janub” transport koridorigacha. Rossiya va Yevropa oʻrtasidagi ziddiyot tufayli u oʻz ahamiyatini yoʻqotdi deb oʻylashga hojat yoʻq- Shimol va Janub oʻrtasida savdo salohiyati hamon juda katta. Rossiya va Yevropa oʻrtasidagi sanktsiyalar urushi uzoq davom etsa, koridor Rossiyaning Yaqin Sharq va Osiyo davlatlari bilan savdosi uchun juda kerak boʻladi.
Va eng asosiysi- Eron bilan yaqinlashish Rossiyaning strategik manfaatlariga mos keladi. Chunki biz nafaqat buyuk tsivilizatsiyalar merosxoʻri, 86-milionlik qoʻshnimiz, balki dunyoning eng kuchli mamlakati bilan hamkorlik qilmoqdamiz. Eron oʻz yoʻlidan ketayotgan, davlat va jamiyatni tashkil etishning oʻziga xos shakllarini izlayotgan, milliy manfaatlarini himoya qiladigan, hech qanday tashqi bosimga boʻysunmaydigan chinakamiga suveren mamlakat. Ayni ishlarni Rossiya ham qilayotir, ammo biz yana koʻp qilishimiz kerak. Va gap bu yerda oʻnlab yillar davomida gʻarb sanktsiyalariga qaramay rivojlanish boʻyicha Eron tajribasi va hayoti haqida emas- u ham foydali, kerak boʻlib qoladi, garchi sobiq dunyoning oʻzi, Gʻarb oʻziga yoqmaydigan mamlakatlarni sezilarli darajada “tormozlab turishi” mumkinligi (va ularni yoʻq qilish bilan tahdid qilish) oʻtmishda qolsada. Ahamiyatlisi, Eron oʻz davlatchilik va ijtimoiy munosabalar shakli, oʻz milliy chizgilari va harakatlarini belgilab beradigan formulani yarata olgan.
Islom respublikasi- bu gʻarbiy yoki sharqiy namunalaridan olingan qogʻoz emas- bu noyob eroncha ixtiro. Anʼanalariga tayanadigan (diniy va milliy), ham xalq vakilligining toʻgʻri shakli va islom qonunlarini qoʻllash gʻoyasiga asoslangan murakkab ixtiro. Lekin eng qiyin tashqi sharoitlarda oʻz muammolari, xatolari va saboqlari bilan omon qolgan ixtiro. Hech qaysi derjavalar – Eron esa shubhasiz derjavalardan biri- soʻnggi oʻn yilliklarda yangi tipdagi davlat qurish sohasida bunday bunyodkorlik namoyish etmagan. Oxirgi marta shunga oʻxshash (va hatto miqyos jihatidan ham ustunroq boʻlgan) tajriba Sovet Ittifoqi, yaʼni bizning mamlakatimiz edi.
Va hozir ham biz ulkan tahdidning qarshisida turibmiz. Biz xalqimiz turmushi va davlatimizning yangi shaklini yaratishimiz kerak. Gʻarb bilan qarama-qarshilikda turish uchun emas, balki bu allaqachondan buyon oʻzimizga kerak boʻlgani uchun. Eron tajribasini Rossiyada qoʻllab boʻlmaydi. Ammo eronlarning mukammal ijtimoiy bunyodkorlikka harakatlari va davlat adolat himoyasida turish, halq gʻoyalarini oʻzida mujassamlashtirib, himoya qilishi, xalq va Parvardigor oldidagi maʼsuliyatni his qilgan halol, irodali insonlar yetakchilik qilishi borasidagi harakatlari ruslarga yaqin.
Va shuning uchun Putinning Eron Islom Respublikasi oliy rahbari Rahbar Humayniy bilan beshinchi uchrashuvi nafaqat ikki oʻta nufuzli va oʻta tajribali davlat arbobi oʻrtasidagi suhbat, balki, global muammolar va tahdidlardan tashqari muzokalar uchun mavzusi boʻlgan uchrashuvdir. Chunki Rossiya va Eron kabi ikki davlat oʻz maʼnaviy-milliy yoʻlidan borsa, demakki, birga borishadi. Va ularning har biri gʻarbdan keladigan tahdidlarga shunchaki javob bermasdan, balki anʼanaviy xalqlar oʻz turmush tarzi va oʻz qonunlariga muvofiq yashashi mumkin boʻlgan yangi dunyoni birgalikda qurish yoʻlida kuchayib ham boradi.
Yangiliklar lentasi
0