Gruziya bosh vaziri Toshkentga keldi

Obuna bo‘lish
Irakliy Garibashvilini aeroportda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Toshkentga keldi. Uni aeroportda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, uning o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Gruziya hukumati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Irakliy Garibashvili oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Gruziya hukumati delegatsiyasi “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga borib, Mustaqillik monumenti poyiga guldasta qo‘ydi. Keyin Garibashvili 17 ta zamonaviy, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni birlashtirgan "Texnopark"da bo‘lib, u yerda ishlab chiqarish jarayoni, mahalliylashtirilgan yuqori texnologiyali mahsulotlar turlari bilan tanishdi.
© Foto: MIVT Uzbekistana
V Tashkent s ofitsialnim vizitom pribil premyer-ministr Gruzii Irakliy Garibashvili - Sputnik O‘zbekiston
1/6
© Foto: MIVT Uzbekistana
V Tashkent s ofitsialnim vizitom pribil premyer-ministr Gruzii Irakliy Garibashvili - Sputnik O‘zbekiston
2/6
© Foto: MIVT Uzbekistana
V Tashkent s ofitsialnim vizitom pribil premyer-ministr Gruzii Irakliy Garibashvili - Sputnik O‘zbekiston
3/6
© Foto: MIVT Uzbekistana
V Tashkent s ofitsialnim vizitom pribil premyer-ministr Gruzii Irakliy Garibashvili - Sputnik O‘zbekiston
4/6
© Foto: MIVT Uzbekistana
V Tashkent s ofitsialnim vizitom pribil premyer-ministr Gruzii Irakliy Garibashvili - Sputnik O‘zbekiston
5/6
© Foto: MIVT Uzbekistana
V Tashkent s ofitsialnim vizitom pribil premyer-ministr Gruzii Irakliy Garibashvili - Sputnik O‘zbekiston
6/6
Qayd etilishicha, Gruziya bosh vaziri O‘zbekistonning ulkan investitsion va sanoat salohiyatiga e’tibor qaratgan.
O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida erkin savdo rejimi mavjud. O‘zbekiston Gruziyaga asosan sanoat tovarlari, kimyo mahsulotlari, ichimliklar, avtomobillar va transport uskunalarini yetkazib beradi. Gruziya, o‘z navbatida, farmatsevtika mahsulotlari, transport uskunalari, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa mahsulotlarni import qiladi. O‘zbekiston hududida Gruziya kapitali ishtirokidagi 69 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Gruziyada O‘zbekiston sarmoyasi ishtirokidagi 23 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.
2017 yildan buyon mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 34,3 foizga o‘sib, 127,4 million dollarni tashkil etdi. Tomonlar uni yanada oshirishni rejalashtirishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0