Jamiyat

Magnit boʻronidan qanday himoyalanish kerak - mutaxassis tavsiyasi

© Foto : NASASxema vozniknoveniya geomagnitnoy buri na Zemle
Sxema vozniknoveniya geomagnitnoy buri na Zemle - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Quyosh zarralari sayyoraga bugun yetib kelishi va geomagnit hodisasi 20 va 21 iyulda ham davom etishi prognoz qilinmoqda.
TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. Shu kunlarda mamlakatda anomal issiq harorat hukm surmoqda. Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlum qilishicha, quyoshda kuchli chaqnash yuz berib, magnit boʻronlari kuzatilishi kutilyapti.
AQShning Milliy Aeronavtika va Fazo maʼmuriyati (NASA) bergan maʼlumotlarga koʻra, chaqnash natijasida Yer sayyorasiga juda koʻp miqdordagi quyosh zarralari tushib, ular magnitosfera bilan toʻqnashgach, G2 yoki G3 sinfidagi geomagnit boʻronini keltirib chiqaradi.

Quyosh zarralari sayyoraga bugun yetib kelishi va geomagnit hodisasi 20 va 21 iyulda ham davom etishi prognoz qilinmoqda.

Tibbiyot fanlari doktori Yoqutxon Majidova magnit boʻronidan qanday himoyalanishga oid tavsiya berdi.
Uning soʻzlariga koʻra, magnit boʻronidan ayniqsa, arterial gipertoniya xastaligiga chalingan bemorlar koʻproq aziyat chekadi.
Bunda qon bosimining oshib yoki pasayib ketishi salomatlikka jiddiy xavf tugʻdirishi mumkin.
Bu holat organizmda tashqi stresslarga chidamlilikni taʼminlaydigan melatonin moddasi ishlab chiqarilishining kamayishi bilan izohlanadi.
Qolaversa, magnit boʻroni bronxial astma bilan ogʻrigan odamlar salomatligida ham muammolarni keltirib chiqarishi kuzatilgan.
Mutaxassis fikricha, bunday vaziyatda, avvalo, ovqatlanish ratsioniga alohida eʼtibor qaratish va koʻproq suyuqlik ichish lozim.
Hoʻl mevalar, qolaversa, mayiz va turshak kabi kaliyga boy mahsulotlar, tarkibida C vitamini koʻp boʻlgan neʼmatlardan isteʼmol qilish zarur. Bu anomal issiq harorat uchun ham mos tavsiyadir.
Magnit boʻroni kuzatiladigan kunlarda spirtli ichimliklardan butunlay voz kechish hamda yogʻli, achchiq, shoʻr taomlar isteʼmol qilmaslik tavsiya etiladi. Chunki tuz qon bosimi oshishiga sabab boʻladi.
Tinchlantiruvchi xususiyatga ega choylardan ichish ham maqsadga muvofiq. Oʻz navbatida, mutaxassislar ortiqcha zoʻriqtiruvchi ishlar va mashgʻulotlar bilan vaqtincha shugʻullanmaslikni maslahat berishadi.
Surunkali kasalliklarga chalinganlar esa oʻzlari bilan shifokorlar tomonidan buyurilgan dori-darmonlarni olib yurishlari hamda qon bosimini tez-tez nazorat qilib turishlari lozim.
Kun davomida bir necha marta dush qabul qilish ham katta foyda beradi.
Yangiliklar lentasi
0