Rossiya

Medvedev Ukrainada tinchlik Rossiya shartlarida oʻrnatilishini maʼlum qildi

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Fotobankka oʻtishDmitriy Medvedev, arxivnoye foto
Dmitriy Medvedev, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, Rossiya oʻz oldiga qoʻygan barcha maqsadlariga erishadi.
TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. Rossiya Ukrainaga Amerika qurollari yetkazib berilishiga qaramasdan, u yerda oʻtkazayotgan maxsus harbiy operatsiyasining maqsadlariga erishadi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari Dmitriy Medvedev maʼlum qildi.
Siyosatchi telegram kanalidagi navbatdagi postini AQSH tomonidan Ukrainaga yetkazib berilayotgan qurol-yarogʻ qanday qilib “qurol oʻgʻrilarini” boyitishi hamda terrorchilar va radikallar qoʻliga yangi harbiy texnikalar tushishiga bagʻishlagan.
“Rossiya barcha oldiga qoʻygan maqsadlariga erishadi. Shunda tinchlik boʻladi. Bizning shartlarimizda. Yevropa va okean ortida dovdiragan siyosiy impotentlar sayrayotgan shartlarda sira tinchlik boʻlmaydi”, - deya taʼkidlagan Medvedev.
Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan Donbassda tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik gʻoyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.

Mavzuga oid:

Medvedev: Qrimga hujum qilingan taqdirda Ukraina rahbariyati uchun qiyomat kuni keladi
Medvedev ikki yildan keyin Ukraina mavjud boʻlishiga shubha bildirdi
Medvedev: Rossiya bilan yana hisoblashishni boshlashdi
Medvedev NATO va Rossiyaning ehtimoliy mojarosi yadro urushiga aylanib ketishidan ogohlantirdi
Yangiliklar lentasi
0