Turizm

Oʻzbekistonga kelayotgan sayyohlar soni deyarli 3 baravarga koʻpaydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovKoreyskiy turistы v Tashkente
Koreyskiy turistы v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Iyun oyida qoʻshni davlatlaridan jami 414 763 nafar turist kelgan.
TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonga 2022 yilning iyun oyida chet eldan 493 ming 888 nafar sayyoh tashrif buyurgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 307 146 nafarga yoki deyarli 3 baravarga koʻpdir. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Iyun oyida qoʻshni davlatlaridan jami 414 763 nafar turist kelgan. Xususan, Qozogʻistondan 178 118 nafar, Qirgʻizistondan 123 290 nafar, Tojikistondan esa 113 216 nafar.
Shuningdek, MDH davlatlaridan jami 56 547 nafar sayyoh Oʻzbekistonda boʻlgan. Xususan, Rossiyadan 53 421 nafar, Ozarbayjondan 1227 nafar turist respublikaga qiziqish bildirgan.
Uzoq xorij davlatlaridan iyun oyida 22 578 kishi mehmon boʻlgan. Jumladan, ularning 1504 nafari AQSH, 1495 nafari Germaniya, 1477 nafari Hindiston, 1685 nafari Janubiy Koreya, 7308 nafari esa Turkiyadan kelganlar.
Turizm: Bir yilda Oʻzbekistonga qancha daromad keladi?
Avvalroq rossiyalik sayyohlar Oʻzbekistonda oʻrtacha 635 dollar sarflashlari xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0