https://oz.sputniknews-uz.com/20220719/qizaloq-yonayotgan-uydan-1-yoshli-egizaklarni-chiqarib-oldi-26331773.html
Qizaloq yonayotgan uydan 1 yoshli egizaklarni chiqarib oldi
Qizaloq yonayotgan uydan 1 yoshli egizaklarni chiqarib oldi
Qozogʻistonda 12 yoshli qizaloq yonayotgan binodan 1 yoshli egizak ukalarini chiqarib oldi. 19.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-19T19:49+0500
2022-07-19T19:49+0500
2022-07-19T19:49+0500
qozogʻiston
dunyoda
yongʻin
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/13/26323637_0:159:3079:1890_1920x0_80_0_0_906f1def95b19029bd3b8e88292518ae.jpg
TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. Uch farzandning onasi chimketlik Mariya Savorovskaya qanday qilib qizi bir yoshli ikki egizak ukasini qutqarib qolganini soʻzlab berdi.15 iyul kuni kechga yaqin Qaynarbuloq dalahovlillar massivida yashovchi oila xonadonida yongʻin sodir boʻldi.Savorovskaya aytishicha, turmush oʻrtogʻi bilan bolalarni uxlashga yotqizib, keyin qoʻshnilardan sut olishga ketishgan.Koʻp oʻtmay, qizaloq ikki ukasi uxlayotgan xonada oʻrindiq yonib ketganini payqab qoladi.U yongʻinni oʻchira olmagach, ukalarini birin-ketin koʻchaga olib chiqishni boshlaydi.Qoʻshnilar koʻmagida yongʻin oʻchirish xizmati yetib kelguniga qadar yongʻinni bartaraf etishga erishildi. Bu esa, fojea kelib chiqishini oldini oldi.Agar olov gaz ballon joylashgan hammomga yetib borganida, uyda portlash yuzaga kelgan boʻlardi. Savorovskayaning soʻzlariga koʻra, yongʻinga sovutgichda sodir boʻlgan qisqa tutashuv sabab boʻlishi mumkin."Konditsioner oʻrindiqning tepasida osilgan edi. Menimcha, simlarda tutashuv boʻlgan. Divan va oʻrindiq ichida sintepon bor, u odatda tez yonadi. Biz kelganda derazada alangani koʻrdik. Keyin shlang yordamida, shuningdek xovuzdagi suvdan foydalanib olovni oʻchirishga kirishdik. Oʻt oʻchirish boʻlimi tezda yetib keldi, ammo u paytga kelib olov oʻchib boʻlgandi”, deya qoʻshimcha qildi ayol.Ayni paytda oila vaqtinchalik uyga joylashtirildi. Musibatga befarq boʻlmagan fuqarolardan biri ularni uy va oziq-ovqat bilan ham taʼminladi.
qozogʻiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/13/26323637_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_43dfaec6dd5fe8d47a9ebc3be786de95.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
qozogʻiston, yongʻin
Qizaloq yonayotgan uydan 1 yoshli egizaklarni chiqarib oldi
Qozogʻistonda 12 yoshli qizaloq yonayotgan binodan 1 yoshli egizak ukalarini chiqarib oldi.
TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. Uch farzandning onasi chimketlik Mariya Savorovskaya qanday qilib qizi bir yoshli ikki egizak ukasini qutqarib qolganini soʻzlab
berdi.
15 iyul kuni kechga yaqin Qaynarbuloq dalahovlillar massivida yashovchi oila xonadonida yongʻin sodir boʻldi.
Savorovskaya aytishicha, turmush oʻrtogʻi bilan bolalarni uxlashga yotqizib, keyin qoʻshnilardan sut olishga ketishgan.
Koʻp oʻtmay, qizaloq ikki ukasi uxlayotgan xonada oʻrindiq yonib ketganini payqab qoladi.
U yongʻinni oʻchira olmagach, ukalarini birin-ketin koʻchaga olib chiqishni boshlaydi.
“Bolalarni qoʻliga ushlab, ularni uydan chiqargan. Qizim menga “Onajon, kechiring, ukamni olib chiqib, uni yerda qoldirdim. Chunki men yana yugurishda davom etishim kerak edi, kechiring” dedi. Toʻgʻrisini aytsam, oʻzim ham xayratdaman. Chunki u ham hali bola, qoʻrqib, qochib ketishi mumkin edi. U qoʻrqib ketdi, uning oyoqlari uzoq vaqt davomida titrab turdi. Ammo, keyin biz bolalarni qoʻshninikiga olib bordik, uy butunlay yonib ketganini aytmadik", deydi Mariya Savorovskaya.
Qoʻshnilar koʻmagida yongʻin oʻchirish xizmati yetib kelguniga qadar yongʻinni bartaraf etishga erishildi. Bu esa, fojea kelib chiqishini oldini oldi.
Agar olov gaz ballon joylashgan hammomga yetib borganida, uyda portlash yuzaga kelgan boʻlardi. Savorovskayaning soʻzlariga koʻra, yongʻinga sovutgichda sodir boʻlgan qisqa tutashuv sabab boʻlishi mumkin.
"Konditsioner oʻrindiqning tepasida osilgan edi. Menimcha, simlarda tutashuv boʻlgan. Divan va oʻrindiq ichida sintepon bor, u odatda tez yonadi. Biz kelganda derazada alangani koʻrdik. Keyin shlang yordamida, shuningdek xovuzdagi suvdan foydalanib olovni oʻchirishga kirishdik. Oʻt oʻchirish boʻlimi tezda yetib keldi, ammo u paytga kelib olov oʻchib boʻlgandi”, deya qoʻshimcha qildi ayol.
Ayni paytda oila vaqtinchalik uyga joylashtirildi. Musibatga befarq boʻlmagan fuqarolardan biri ularni uy va oziq-ovqat bilan ham taʼminladi.