Xerson viloyatidagi deyarli barcha qo‘poruvchi guruhlar yo‘q qilindi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashiy podrazdeleniya injenerno-sapornoy brigadi VS RF, arxivnoe foto
Voyennoslujashiy podrazdeleniya injenerno-sapornoy brigadi VS RF, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2022
Obuna bo‘lish
Viloyat harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, mintaqa hududidagi deyarli barcha ukrain qo‘poruvchi razvedka guruhlari yo‘q qilingan.
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Xerson viloyati hududida deyarli barcha ukrain qo‘poruvchi razvedka guruhlari yo‘q qilindi, ularning sheriklari qamoqqa jo‘natildi. Bu haqda viloyat harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xerson viloyati hududiga o‘tishni va osuda hayotga tajovuz qilmoqchi bo‘lgan yangi guruhlarga chora ko‘riladi.
Stremousov alohini Ukraina propagandasining Ukraina qo‘shinlari hujum boshlagani va mintaqa ustidan o‘z nazoratini o‘rnatgani haqidagi yolg‘on bayonotlariga ishonmaslikka chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, maxsus harbiy operatsiya davomida Rossiya harbiylari Ukraina janubidagi Xerson va Zaporojye viloyatining Azov qismini nazorat ostiga oldi. Hududlarda harbiy-fuqarolik boshqaruvi tuzildi, Rossiya telekanallari va radiostansiyalari efirga chiqa boshladi, Qrim bilan savdo aloqalari tiklanmoqda. Hududlar Rossiya subyektlari bo‘lish rejalari borligini ma’lum qilishgan.

Mavzuga oid:

Xerson viloyatida ukrainalik terrorchilarning qo‘poruvchilik guruhi qo‘lga olindi
Xerson qamoqxonasi boshlig‘iga suiqasd uyushtirildi - video
Yangiliklar lentasi
0