Bugun maksimal havo harorati +40 darajadan yuqori bo‘ladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSemya osvejayetsya ot proxladi fontana
Semya osvejayetsya ot proxladi fontana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2022
Obuna bo‘lish
Poytaxtda havo quyoshli bo‘ladi. Maksimal harorat +39-41 darajaga yetadi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Bugun respublikaning ko‘plab hududlarida maksimal havo harorati +40 darajadan yuqori issiq bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. Ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Ayrim joylarda shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Farg‘ona viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Harorat +38-43 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +44-45 darajagacha saqlanib turadi.
Poytaxtda havo quyoshli bo‘ladi. Maksimal harorati +39-41 darajaga yetadi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Havo harorati +30-35 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0