Jazirama kunlari “Tez yordam”ga 130 mingdan oshiq murojaat kelib tushdi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishRabota skoroy pomoshi v Moskve
Rabota skoroy pomoshi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2022
Obuna bo‘lish
Anomal issiq kuzatilayotgani bois Sog‘liqni saqlash vazirligining alohida nazorati yo‘lga qo‘yildi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda anomal issiq boshlangan kundan to bugunga qadar Respublika tez tibbiy yordam xizmatiga jami 130 ming 115 ta chaqiriq kelib tushdi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
17 iyuldan bugun, 20-iyul soat 06:00 ga qadar murojaatchilarning 23 ming 421 nafarini qon bosimi ko‘tarilishi, nafas yetishmovchiligi, astma xurujlari va boshqa surunkali kasalliklari bo‘lgan bemorlar tashkil etdi. Ularning 4215 nafari esa gospitalizatsiya qilindi.
Qolaversa, shu kunlari Toshkent shahar “103” xizmatiga jami 11 ming 821 ta chaqiriq kelib tushgan. Murojaatlarning 4 ming 235 nafarini qon bosimi ko‘tarilishi, nafas qisishi, astma va boshqa kasalliklar bo‘yicha bemorlar tashkil etdi. Ularning 2 ming 185 nafari esa davolanish uchun shifoxonalarga yotqizilgan.
Aytilishicha, jazirama havo kuzatilayotgani bois Sog‘liqni saqlash vazirligining alohida nazorati yo‘lga qo‘yildi.
Unga ko‘ra, mamlakatdagi 1010 ta poliklinika, 923 ta oilaviy shifokor punktida patronaj xizmatlari kuchaytirilib, surunkali kasalliklarga chalingan yotoq sharoitidagi bemorlarga o‘z vaqtida zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Shuningdek, 2762 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar uchun doimo shay holatda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq SSV jazirama oqibatida tez tibbiy yordamga chaqiriqlar soni, yurak qon-tomir kasalliklari yoki nafas olish bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borilayotgani haqida ma’lum qilgandi.
Hozirda O‘zbekistonda anomal issiqob-havo kuzatilmoqda. O‘zgidromet bugun respublikaning ko‘plab hududlarida maksimal havo harorati +40 darajadan yuqori bo‘lishini prognoz qilgan.
Yangiliklar lentasi
0