Lavrov Yevropa pozitsiyasini o‘zgartirsa, Rossiya qanday javob berishini aytdi

© Sputnik / Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2022
Obuna bo‘lish
Yevropa Rossiya Federatsiyasiga munosabatlarni tiklashni taklif qilsa, buning Moskva uchun foydali bo‘lish yoki bo‘lmasligi ko‘rib chiqiladi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Agar Yevropa to‘satdan o‘z pozitsiyasini o‘zgartirsa va Rossiya Federatsiyasiga munosabatlarni tiklashni taklif qilsa, biz buning Moskva uchun foydali bo‘lish yoki bo‘lmasligini ko‘rishimiz kerak.
Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov RTva RIA Novosti'ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Agar qaysidir bosqichda Yevropa birdaniga: “Biz qizishib ketdik, hali ham manfaatdormiz, keling, qandaydir iqtisodiy va savdo sohalarida munosabatlarimizni tiklaylik”, desa, menimcha, ularni chetga surmasligimiz kerak. Bu biz uchun qanchalik foydali bo‘lishini ko‘rish kerak va shundan keyingina munosabat bildirish kerak”, dedi Lavrov.
Avvalroq Lavrov hozirgi vaziyatda Ukraina bilan muzokara olib borishning ma’nosi yo‘qligi aytgani haqida xabar berilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0