Rossiya

Lavrov: hozirgi vaziyatda Ukraina bilan muzokara olib borishning maʼnosi yoʻq

© Sputnik / Press-slujba MID Mongolii / Fotobankka oʻtishMinistr inostrannыx del RF Sergey Lavrov, arxivnoye foto
Ministr inostrannыx del RF Sergey Lavrov, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Lavrov AQShda qaror qabul qilinmaguncha, Kiyevga muzokaralar olib borishga ruxsat berilmaydi deb hisoblaydi.
TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. Hozirgi vaziyatda Ukraina bilan muzokara olib borishning maʼnosi yoʻq. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov RT va RIA Novostiga bergan intervyusida gapirdi.
Lavrov Gʻarb siyosatchilarining Kiyev “jang maydonida gʻalaba qozonishi kerak” va frontda zaif pozitsiyalari borligi sababli hozircha muzokaralarga bormasligi kerak, degan mazmundagi bayonotlarini eslagan.
“Men bularning barchasi, aytishganidek, kambagʻallar foydasiga deb hisoblayman. Va yana ular hech qachon jiddiy odamlarning jiddiy eʼtiboriga sazovor boʻlgan baʼzi narsalarni shakllantirishga qodir emasligi uchun ham bu ish bermaydi. Biz buni allaqachon anglab yetganmiz”, - dedi Lavrov.
Lavrovning qoʻshimcha qilishicha, Gʻarb davlatlari Kiyevni har qanday konstruktiv qadamlardan saqlamoqda, qurollarni koʻpaytirmoqda va ulardan tobora xavfliroq ravishda foydalanishga majbur qilmoqda.
“Ular bu urushni haqiqiy urushga aylantirishni juda xohlayapti va Rossiyani Yevropa davlatlariga qarshi surmoqchi. Bu amerikaliklar va inglizlar uchun foydali”, - dedi vazir.
Lavrovning soʻzlariga koʻra, u AQShda shunday qaror qabul qilinmaguncha, Kiyevga muzokaralar olib borishga ruxsat berilmasligiga shubha qilmayapti.
Eslatib oʻtamiz, Lavrov Gʻarb 29 mart kuni Istanbulda boʻlib oʻtgan Rossiya-Ukraina uchrashuvidan ikki kun oʻtib Kiyevga Moskva bilan muzokaralarni davom ettirishni taqiqlaganini maʼlum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0