Siyosat

Norov Choʻlponotada Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari yigʻilishida ishtirok etdi

© Foto: MID UzbekistanaI.o. ministra inostrannыx del Uzbekistana Vladimir Norov prinyal uchastiye vo vstreche ministrov inostrannыx del stran TSA v g.Cholpon-Ata
I.o. ministra inostrannыx del Uzbekistana Vladimir Norov prinyal uchastiye vo vstreche ministrov inostrannыx del stran TSA v g.Cholpon-Ata - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Vazirlar Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining boʻlajak Maslahat uchrashuviga tayyorgarlikning tashkiliy va mazmunli jihatlarini muhokama qildilar.
TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Qirgʻizistonning Choʻlponota shahrida Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlarining yigʻilishida ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilari Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining boʻlajak Maslahat uchrashuviga tayyorgarlikning tashkiliy va mazmunli jihatlarini muhokama qildilar.
Xususan, sammit kun tartibi va dasturi, davlat rahbarlari tomonidan koʻrib chiqish uchun taqdim etiladigan yakuniy hujjatlar loyihalari koʻrib chiqildi va maʼqullandi.

“Markaziy Osiyoda siyosat, savdo, investitsiya, sanoat, transport, ekologiya, energetika, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash, zamonaviy xavf-xatar va tahdidlarga birgalikda qarshi kurashish sohalarida davlatlararo hamkorlikning bugungi holati hamda istiqbollari yuzasidan fikr almashildi”, - deyilgan Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabarida.

Norov oʻz nutqida bugungi kunda Markaziy Osiyoda davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli printsipial jihatdan yangi doʻstlik, hamkorlik va oʻzaro ishonch muhiti shakllanganini taʼkidladi. Mintaqa mamlakatlari koʻplab xalqaro masalalar boʻyicha mushtarak pozitsiyaga ega va hatto eng murakkab masalalarda ham oʻzaro maqbul yechim topadi.
Shu bilan birga, zamonaviy voqeliklarni hisobga olgan holda, Markaziy Osiyoda hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha qatʼiy qadamlar qoʻyish, yuzaga kelayotgan tahdidlarga oʻz vaqtida javob berish va oqibatlarini yumshatish boʻyicha tegishli tashabbus hamda yangi yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.
Xususan, yaqin savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy siyosat yuritish, tadbirkorlik subʼyektlari va hududlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish, minataqaning transport-tranzit salohiyatini rivojlantirish, tabiiy resurslarni birgalikda samarali boshqarish muhimligi taʼkidlandi. Taʼkidlanganidek, bu yoʻnalishlarda qoʻshma chora-tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi butun Markaziy Osiyo makonining barqaror rivojlanishi uchun har tomonlama samara beradi.
Afgʻonistondagi mavjud vaziyatga alohida eʼtibor qaratildi. Afgʻon xalqiga gumanitar yordam koʻrsatishda hamkorlikni davom ettirish dolzarbligi taʼkidlandi.
Eslatib oʻtamiz, 21 iyul kuni Qirgʻizistonning Choʻlponota shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Mintaqa mamlakatlari yetakchilarining uchrashuvi kun tartibidan turli yoʻnalishlarda, shu jumladan savdo, transport va logistika, sanoat kooperatsiyasi, innovatsiyalar, oziq-ovqat xavfsizligi, turizm, madaniy-gumanitar almashinuv sohalarida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari oʻrin olgan.
Alohida eʼtibor Markaziy Osiyoning barqarorligi va izchil taraqqiyotiga zamonaviy tahdid va xatarlarga birgalikda qarshi turish borasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratiladi.
Yangiliklar lentasi
0