Dunyoda

OAV: Suriya Ukraina bilan diplomatik munosabatlarni uzdi

© Sputnik / Andrey Stenin / Fotobankka oʻtishOsvobojdennaya ot boyevikov krepost Krak de Shevalye v Sirii
Osvobojdennaya ot boyevikov krepost Krak de Shevalye v Sirii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Suriya Kiyevning qaroriga javoban Ukraina bilan diplomatik munosabatlarni uzishga qaror qildi.
TOSHKENT, 20 iyul – Sputnik. Suriya Ukraina bilan diplomatik munosabatlarni toʻxtatdi. Bu haqda SANA axborot agentligi Suriya Tashqi ishlar vazirligidagi manbaga tayanib xabar bergan.
“Suriya Kiyevning qaroriga javoban Ukraina bilan oʻzaro munosabatlar tamoyili asosida diplomatik munosabatlarni uzishga qaror qildi”, - deya agentlik TIVdagi suhbatdoshining soʻzlaridan iqtibos keltirgan.
Damashqning fikricha, Kiyev 2018 yilda, suriyalik diplomatlarning vizalarini uzaytirishdan bosh tortganida munosabatlarni uzgan.
“Ushbu qadam natijasida diplomatlar oʻz vazifalarini bajara olmadi, Ukraina rasmiylarining dushmanona pozitsiyasi hamda Gʻarb va AQShning Suriyaga nisbatan siyosatiga koʻr-koʻrona boʻysunishi tufayli elchixona faoliyati toʻxtatildi”, deyilgan manbada.
Damashq joriy yil 29 iyun kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalari mustaqilligini tan oldi. Ertasi kuni Ukraina Tashqi ishlar vazirligi konsullik aloqalarini saqlab qolgan holda Suriya bilan diplomatik munosabatlarni uzganini eʼlon qildi. Ular Suriyaning DXR va LXRni tan olish qarorini nodoʻstona qadam, Ukraina hududiy yaxlitligiga tajovuz deb bilishlarini taʼkidladi.
Shimoliy Koreya DXR mustaqilligini tan oldi
Kiyev, shuningdek, Suriyaning yuridik va jismoniy shaxslariga qarshi savdo embargosi va sanktsiyalar joriy etish rejalarini ham maʼlum qildi.
Yangiliklar lentasi
0