O‘zbekiston va Eron startap loyihalari bo‘yicha hamkorlikni kengaytiradi

© Sputnik/Dilislom OtabekovUzbekistan i Iran sozdadut startap-proyekti na summu $2 mln
Uzbekistan i Iran sozdadut startap-proyekti na summu $2 mln - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2022
Obuna bo‘lish
Toshkentda "O‘zbekiston-Eron ilm-fan va innovatsiya" forumi bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Eron o‘rtasida 2 mln dollarlik startap loyihalari bo‘ladi. Bu haqda bugun Innovatsion rivojlanish vazirligida Eronning Fan, tadqiqotlar va texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "O‘zbekiston-Eron ilm-fan va innovatsiya" forumida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Forumda O‘zbekiston va Eronning iqtisodiy hamkorligi, madaniy va gumanitar aloqalar haqida so‘z bordi.
Hozirda ikki tomonlama savdo aylanmasi 400 mln dollardan ortiq va O‘zbekistonda 400 ga yaqin Eron sarmoyasi ishtirokida korxonalar faoliyat yuritadi.
O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov forum maqsadi haqida so‘zladi.
"Eronda oxirgi yillarda ilm-fanga asoslangan iqtisodiyotini shakllantirish va oddiy aholini hayotida innovatsiyalarni joriy qilish e’tiborimizni tortdi. Shuning uchun Eron bilan hamkorlikni keng yo‘lga qo‘ydik. Biz mazkur hamkorlik yuzasidan iqtisodiyotda barcha tadbirkorlar uchun "ko‘prik yasab berish"ga harakat qilamiz" - deydi vazir.
Eron vitse-prezidenti Sorena Sattoriy O‘zbekiston bilan har tomonlama hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
“Bunda ilg‘or jahon tajribalaridan albatta foydalanamiz. O‘zbekistonda innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda, biz ham buni qo‘llab-quvvatlaymiz”, - dedi u.
Forumda O‘zbekistonda 1 trln so‘mlik innovatsion loyihalar amalga tadbiq etilgani va bu iqtisodiyot uchun hali kamlik qilishi aytildi. Ilmiy faoliyatga ham xususiy sektorni jalb qilish va innovatsiya ishchi o‘rin yaratish tamoyili ilgari surildi.
"Forum doirasida ikki mamlakat o‘rtasida 2 mln AQSh dollarlik start-ap loyihalari tanlovi e’lon qilindi va ular sentabr oyida saralab olinadi",- dedi vazir Abdurahmonov.
Shuningdek, vazirlik 10 dan ortiq mamlakat bilan hamkorlikda 90 mln dollarlik innovatsion loyihalarni yaratayotgani ma’lum bo‘ldi.
Mirziyoyev Eron parlamenti rahbari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0