O‘zbekistonlik aviamodelchilar Jahon va Yevroosiyo kuboklarida g‘olib bo‘lishdi

© Sportni rivojlantirish vazirligi O‘zbekistonlik aviamodelchilar Jahon va YevroOsiyo kuboglarida g‘olib bo‘lishdi
O‘zbekistonlik aviamodelchilar Jahon va YevroOsiyo kuboglarida g‘olib bo‘lishdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2022
Obuna bo‘lish
Har ikki musobaqa bahslarida sportchilar umumjamoa hisobida 2-o‘rin sohibiga aylanishdi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Erkin uchar aviamodellar bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon kubogi va Yevroosiyo kubogi bahslarida o‘zbekistonlik sportchilar umumjamoa hisobida 2-o‘rin sohibiga aylanishdi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Qozog‘istonning Olmaota shahrida joylashgan Bayserke o‘quv-sport aerodromida erkin uchar aviamodellar bo‘yicha kubogi musobaqalar o‘z yakuniga yetdi.
Unda turli davlatlardan kelgan 120 nafardan ortiq sportchi qatorida O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti aviamodel sportchilari ham ishtirok etishdi.
“Ishtirokchilar o‘zlari yaratgan samolyot modellari va ularning ochiq osmonda nechog‘lik parvoz qilish imkoniyatlariga ega ekanligini namoyon etishdi”, deyiladi xabarda.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, sportchilar 1ta oltin, 2ta kumush va 3ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Qayd etilgan natijalar:
Jahon kubogi:
Vadim Vasilev (Toshkent shahri) – F-2 B sinfida, 1-o‘rin;
Aleksey Bundin (Toshkent viloyati) – F-1 A sinfida, 2-o‘rin;
Alisher Mirzayev (Farg‘ona viloyati) – F-1 B sinfida, 3-o‘rin;
Valeriy Vardanyan (Farg‘ona viloyati ) – F-1 S sinfida, 3-o‘rin.
Yevroosiyo kubogi:
Shamsiddin Bobonev (Toshkent viloyati) – F-1 A sinfida, 2-o‘rin;
Shavkat Ismatillayev (Toshkent shahri) – F-1 B sinfida, 3-o‘rin.
Ma’lumot uchun, “Vatanparvar” tashkiloti bir qator xalqaro sport tashkilotlari, jumladan, Xalqaro aeronavtika federatsiyasi (FAI)ning to‘laqonli a’zosi hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0