Iqtisod

Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxirasi miqdori oshdi

© Sputnik / Ilya Naymushin / Fotobankka oʻtishProizvodstvo zolotыx slitkov na zavode "Krastsvetmet"
Proizvodstvo zolotыx slitkov na zavode Krastsvetmet - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Iyun oyi davomida oltin-valyuta zaxiralari 179,8 mln dollarga koʻpaygan.
TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonning yalpi xalqaro zaxiralari 1 iyul holatiga qariyb 35,6 mlrd dollarga yetdi. Iyun oyi davomida oltin-valyuta zaxiralari 179,8 mln dollarga koʻpaygan. Bu haqda Markaziy bank eʼlon qilgan sharhda keltirilgan.
Bunda zaxiralarning valyuta qismi 157,5 mln dollarga, oltin qismi esa 39,8 mln dollarga koʻpaygan. Oltin zaxiralarining hajmi 300 ming untsiyaga yoki oʻrtacha 8,5 tonnaga oshgan.
Zaxiralar tarkibidagi oltinning fizik qoldigʻi 11,7 mln troy untsiyasini tashkil qilmoqda. Uning moliyaviy qiymati 21,1 mlrd dollardan 21,2 mlrd dollarga koʻpaygan.
Xalqaro zaxiralar xorijiy valyuta mablagʻlari, maxsus qarz olish huquqi, Xalqaro valyuta jamgʻarmasidagi zaxira pozitsiyasi va oltindan iborat. Xorij valyutasi, asosan, banklarda saqlanadigan naqd pullarni oʻz ichiga oladi.
Yangiliklar lentasi
0