https://oz.sputniknews-uz.com/20220720/prezident-qirgizistonga-jonab-ketdi-26364433.html
Prezident Qirgʻizistonga joʻnab ketdi
Prezident Qirgʻizistonga joʻnab ketdi
Choʻlponota shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi boʻlib oʻtadi. 20.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-20T16:17+0500
2022-07-20T16:17+0500
2022-07-20T16:23+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
qirgʻiziston
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/14/26364051_0:43:1280:763_1920x0_80_0_0_52c7cd16163455a59919cad56d927b66.jpg
TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiziston rahbari Sadir Japarovning taklifiga binoan 20 iyul kuni Choʻlponota shahriga joʻnab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.Mamlakat yetakchisi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi.Qirgʻiziston raisligida oʻtadigan sammit ishida Qozogʻiston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari ham ishtirok etishi kutilmoqda.Mintaqa mamlakatlari yetakchilarining uchrashuvi kun tartibidan turli yoʻnalishlarda, shu jumladan savdo, transport va logistika, sanoat kooperatsiyasi, innovatsiyalar, oziq-ovqat xavfsizligi, turizm, madaniy-gumanitar almashinuv sohalarida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari oʻrin olgan.Alohida eʼtibor Markaziy Osiyoning barqarorligi va izchil taraqqiyotiga zamonaviy tahdid va xatarlarga birgalikda qarshi turish borasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratiladi.Sammit yakunida bir qator muhim koʻp tomonlama hujjatlar qabul qilinishi koʻzda tutilgan.Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlarini oʻtkazish tashabbusini Shavkat Mirziyoyev 2017 yilda BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surgan edi.Mintaqa yetakchilarining birinchi sammiti 2018 yil mart oyida Nur-Sulton shahrida, ikkinchisi 2019 yil noyabrda Toshkent shahrida, uchinchisi oʻtgan yilning avgust oyida Turkmanistondagi “Avaza” milliy sayyohlik zonasida boʻlib oʻtdi.
qirgʻiziston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/14/26364051_53:28:1096:810_1920x0_80_0_0_2e22ec25633468f881c1d15ef3888be8.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, qirgʻiziston
Prezident Qirgʻizistonga joʻnab ketdi
16:17 20.07.2022 (yangilandi: 16:23 20.07.2022) Choʻlponota shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi boʻlib oʻtadi.
TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiziston rahbari Sadir Japarovning taklifiga binoan 20 iyul kuni Choʻlponota shahriga joʻnab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar bermoqda. Mamlakat yetakchisi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi.
Qirgʻiziston raisligida oʻtadigan sammit ishida Qozogʻiston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Mintaqa mamlakatlari yetakchilarining uchrashuvi kun tartibidan turli yoʻnalishlarda, shu jumladan savdo, transport va logistika, sanoat kooperatsiyasi, innovatsiyalar, oziq-ovqat xavfsizligi, turizm, madaniy-gumanitar almashinuv sohalarida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari oʻrin olgan.
Alohida eʼtibor Markaziy Osiyoning barqarorligi va izchil taraqqiyotiga zamonaviy tahdid va xatarlarga birgalikda qarshi turish borasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratiladi.
Sammit yakunida bir qator muhim koʻp tomonlama hujjatlar qabul qilinishi koʻzda tutilgan.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlarini oʻtkazish tashabbusini Shavkat Mirziyoyev 2017 yilda BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surgan edi.
Mintaqa yetakchilarining birinchi sammiti 2018 yil mart oyida Nur-Sulton shahrida, ikkinchisi 2019 yil noyabrda Toshkent shahrida, uchinchisi oʻtgan yilning avgust oyida Turkmanistondagi “Avaza” milliy sayyohlik zonasida
boʻlib oʻtdi.