Putin, Raisiy va Erdog‘an Suriya bo‘yicha nimalarga kelishib oldi?

© © POOLRabochiy vizit prezidenta Vladimira Putina v Iran
Rabochiy vizit prezidenta Vladimira Putina v Iran - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Suriya rasmiylari nazorati ostida bo‘lmagan hududlardagi vaziyat alohida tashvish uyg‘otmoqda.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Kecha Eron poytaxti Tehronda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Eron rahbari Ibrohim Raisiy va Turkiya yetakchisi Rajab Tayyip Erdog‘an “Ostona formati” sammitida doirasida uch tomonlama muzokara o‘tkazdi.
Uchrashuvda Suriya inqirozini hal qilishda Ostona formatining dolzarbligi ta’kidlandi. Ostona formatining navbatdagi uchrashuvini o‘z vakillari ishtirokida 2022-yil oxirigacha oliy darajada o‘tkazishga kelishib olindi.
Rossiya, Eron va Turkiya Isroilning Suriyaga, jumladan, tinch aholi obyektlariga davom etayotgan hujumlarini qoraladi. Tomonlar Suriya inqirozini faqat suriyaliklarning o‘zlari tinch yo‘l bilan hal qilishlari mumkinligini tasdiqladi.
Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Suriya rasmiylari nazorati ostida bo‘lmagan hududlardagi vaziyat alohida tashvish uyg‘otmoqda.
“Ostona uchligi Suriyadagi vaziyatni to‘liq normallashtirish, mamlakatda mustahkam tinchlik va fuqarolar totuvligini o‘rnatishga qaratilgan ishlarda asosiy rol o‘ynashda davom etishi kerak”, - dedi Putin.
Uchrashuvda Suriya yerlarida yangi voqelikni yaratishga urinishlar va Suriyaga qarshi barcha bir tomonlama sanksiyalar rad etildi.
Suriyada turli nomlar ostida faoliyat yuritayotgan terrorchilarga qarshi kurashish tasdiqlandi. Tomonlar Idlibdagi vaziyatni ko‘rib chiqdi va ushbu zonadagi vaziyatni normallashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirishga kelishib oldi.
Vladimir Putinning taklifiga binoan keyingi safar uchrashuv Rossiyada o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0