https://sputniknews-uz.com/20220720/putin-zelenskiy-bilan-uchrashish-ehtimolini-baholadi-26356610.html
Putin Zelenskiy bilan uchrashish ehtimolini baholadi
Putin Zelenskiy bilan uchrashish ehtimolini baholadi
Rossiya va Ukraina oʻrtasida tinchlik muzokaralar boshlanishi rasmiy Kiyevning erishilgan kelishuvlarni bajarish istagiga bogʻliq, dedi Putin. 20.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-20T13:16+0500
2022-07-20T13:16+0500
2022-07-20T13:16+0500
rossiya
rossiya
ukraina
vladimir putin
vladimir zelenskiy
muzokaralar
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/14/26358187_0:123:3207:1927_1920x0_80_0_0_562f73686d81c3b4feeb2a809bdc0f51.jpg
TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. Ukraina erishilgan kelishuvlarni bajarishdan bosh tortdi, hozir ham ularni bajarishni istamayyapti, dedi rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Ukraina yetakchisi Zelenskiy bilan uchrashish imkoniyatini izohlar ekan.Putinning taʼkidlashicha, Rossiya va Ukraina oʻrtasida tinchlik muzokaralar boshlanishi rasmiy Kiyevning erishilgan kelishuvlarni bajarish istagiga bogʻliq.Rossiya yetakchisiga koʻra, mart oyi oxirida Istanbulda boʻlib oʻtgan muzokaralarda Moskva va Kiyev aslida kelishuvga erishgan, faqat uni amalda bajarish qolgan. Biroq Rossiya qoʻshinlari Ukrainaning markaziy mintaqalaridan olib chiqib ketilgandan soʻng, Kiyev rasmiylari kelishuvlarni amalga oshirishdan bosh tortgan.Vladimir Putin vositachilik xizmatlarini nafaqat Turkiya, balki Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari ham taklif qilgani, buning uchun Rossiya ulardan minnatdor ekanligini qoʻshimcha qildi.Rossiya-Ukraina muzokaralariRossiya-Ukraina muzokaralari 28 fevralda, urush boshlaganidan toʻrt kun oʻtib oʻtkazila boshladi. Belarusda bir nechta uchrashuvlar boʻlib oʻtdi, keyin muzokarachilar video aloqa orqali muloqotni davom ettirdi. 10 mart kuni Turkiyaning Antaliya shahrida boʻlib oʻtgan diplomatik forum doirasida Turkiya Rossiya va Ukraina Tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Dmitriy Kulebaning uchrashuvini tashkil qildi. 29 mart kuni esa Istanbulda yuzma-yuz muzokaralar boʻlib oʻtdi. Uning yakunlari boʻyicha Rossiya delegatsiyasi Ukraina tomonidan oʻrganib chiqiladigan va mamlakat rahbariyatiga yetkaziladigan aniq shakllangan pozitsiya va takliflarni oldi..Biroq, keyinroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina muzokaralar jarayonini sekinlashtirish maqsadida oʻz takliflaridan voz kechib, koʻplab provokatsiyalar yaratayotganini aytdi.
rossiya
rossiya
ukraina
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/14/26358187_238:0:2969:2048_1920x0_80_0_0_970e0b69307db82659677e3deb6654bf.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
rossiya, ukraina, vladimir putin, vladimir zelenskiy, muzokaralar
Putin Zelenskiy bilan uchrashish ehtimolini baholadi
Rossiya va Ukraina oʻrtasida tinchlik muzokaralar boshlanishi rasmiy Kiyevning erishilgan kelishuvlarni bajarish istagiga bogʻliq, dedi Putin.
TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. Ukraina erishilgan kelishuvlarni bajarishdan bosh tortdi, hozir ham ularni bajarishni istamayyapti, dedi rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Ukraina yetakchisi Zelenskiy bilan uchrashish imkoniyatini izohlar ekan.
Putinning taʼkidlashicha, Rossiya va Ukraina oʻrtasida tinchlik muzokaralar boshlanishi rasmiy Kiyevning erishilgan kelishuvlarni bajarish istagiga bogʻliq.
Rossiya yetakchisiga koʻra, mart oyi oxirida Istanbulda boʻlib oʻtgan muzokaralarda Moskva va Kiyev aslida kelishuvga erishgan, faqat uni amalda bajarish qolgan. Biroq Rossiya qoʻshinlari Ukrainaning markaziy mintaqalaridan olib chiqib ketilgandan soʻng, Kiyev rasmiylari kelishuvlarni amalga oshirishdan bosh tortgan.
“Kerakli shart-sharoitlarni yaratish uchun bizning qoʻshinlarimiz Ukraina markazidan, Kiyevdan chiqib ketishdi. Kiyev hukumati bu kelishuvlarni amalga oshirishdan bosh tortdi, garchi kelishuvlarga amalda erishilgan boʻlsa ham. Demak, yakuniy natija, albatta, vositachilarga emas, balki shartnoma tuzuvchi tomonlarning erishilgan kelishuvlarni bajarish istagiga bogʻliq. Bugun biz Kiyev rasmiylarida bunday istak yoʻqligini koʻrib turibmiz”, dedi Rossiya yetakchisi Eronga amaliy tashrifi yakunlari boʻyicha jurnalistlarga.
Vladimir Putin vositachilik xizmatlarini nafaqat Turkiya, balki Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari ham taklif qilgani, buning uchun Rossiya ulardan minnatdor ekanligini qoʻshimcha qildi.
Rossiya-Ukraina muzokaralari
Rossiya-Ukraina muzokaralari 28 fevralda, urush boshlaganidan toʻrt kun oʻtib oʻtkazila boshladi. Belarusda bir nechta uchrashuvlar
boʻlib oʻtdi, keyin muzokarachilar video aloqa orqali muloqotni
davom ettirdi. 10 mart kuni Turkiyaning Antaliya shahrida boʻlib oʻtgan diplomatik forum doirasida Turkiya Rossiya va Ukraina Tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Dmitriy Kulebaning uchrashuvini
tashkil qildi. 29 mart kuni esa Istanbulda yuzma-yuz muzokaralar
boʻlib oʻtdi. Uning yakunlari boʻyicha Rossiya delegatsiyasi Ukraina tomonidan oʻrganib chiqiladigan va mamlakat rahbariyatiga yetkaziladigan aniq shakllangan pozitsiya va takliflarni oldi..
Biroq, keyinroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina muzokaralar jarayonini sekinlashtirish maqsadida oʻz takliflaridan voz kechib, koʻplab provokatsiyalar
yaratayotganini aytdi.