https://oz.sputniknews-uz.com/20220720/qoraqalpogiston-deputatlari-prezidentga-ikki-masala-yuzasidan-murojaat-etdi-26362115.html
Qoraqalpogʻiston deputatlari prezidentga murojaat yoʻllashdi
Qoraqalpogʻiston deputatlari prezidentga murojaat yoʻllashdi
Joʻqorgʻi Kengesda Qoraqalpogʻistonda joriy etilgan favqulodda holatni bekor qilish masalasi koʻrib chiqildi. 20.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-20T15:31+0500
2022-07-20T15:31+0500
2022-07-20T17:13+0500
qoraqalpogʻiston
siyosat
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/02/25842602_0:25:1024:601_1920x0_80_0_0_c6f5608bc9fc49d92237af4fc7bc467f.jpg
TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. 20 iyul kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining XXXI sessiyasida deputatlar Oʻzbekiston prezidentiga murojaat yoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qildi.JK matbuot xizmatining xabar berishicha, respublika parlamenti 2 iyuldan boshlab bir oy muddatga joriy etilgan favqulodda holatni yumshatishni soʻragan.Avvalroq "Yangi Oʻzbekiston" gazetasi murojaatda favqulodda holatni bekor qilish va ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda gumonlangan aybsiz fuqarolarni, xususan, yoshlarni afv etishni soʻragani haqida xabar bergan edi. Ayni vaqtda mazkur xabar tahrirlangan.Avvalroq Qoraqalpogʻistondagi vaziyatning barqarorlashgani hisobga olib, komendantlik soatining amal qilish vaqti qisqartirilgandi.Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Nukusdagi ommaviy tartibsizlik va buzgʻunchilik davomida 21 kishi vafot etgan, 250 nafardan ziyod kishi jarohat olgan. Qoraqalpogʻistonda sodir boʻlgan ommaviy tartibsizliklar oqibatida fuqarolar va tadbirkorlarning mol-mulklari, davlat va ijtimoiy infratuzilma obʼyektlariga 3 mlrd 147 mln soʻm zarar yetkazilgan.Oʻzbekiston hukumati 1–2 iyul kunlari Nukusda roʻy bergan voqealarni Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsion tuzumi, hududiy yaxlitligi va birligini vayron qilishga urinish deb baholagan.Bosh prokuratura Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi (Hokimiyatni bosib olish yoki konstitutsiyaviy tuzumni agʻdarib tashlash maqsadida fitna uyushtirish) va boshqa moddalar bilan qoʻzgʻatilgan jinoiy ish ochgan. Dastlabki tergov doirasida 14 nafar shaxs hibsga olingan.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/02/25842602_95:0:930:626_1920x0_80_0_0_c65e26d7126255701d7e1cb3db4a52a3.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
qoraqalpogʻiston
Qoraqalpogʻiston deputatlari prezidentga murojaat yoʻllashdi
15:31 20.07.2022 (yangilandi: 17:13 20.07.2022) Joʻqorgʻi Kengesda Qoraqalpogʻistonda joriy etilgan favqulodda holatni bekor qilish masalasi koʻrib chiqildi.
TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. 20 iyul kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining XXXI sessiyasida deputatlar Oʻzbekiston prezidentiga murojaat yoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qildi.
JK matbuot xizmatining
xabar berishicha, respublika parlamenti 2 iyuldan boshlab bir oy muddatga joriy etilgan favqulodda holatni yumshatishni soʻragan.
Avvalroq "Yangi Oʻzbekiston" gazetasi murojaatda favqulodda holatni bekor qilish va ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda gumonlangan aybsiz fuqarolarni, xususan, yoshlarni afv etishni soʻragani haqida
xabar bergan edi. Ayni vaqtda mazkur xabar tahrirlangan.
Avvalroq Qoraqalpogʻistondagi vaziyatning barqarorlashgani hisobga olib, komendantlik soatining amal qilish vaqti
qisqartirilgandi.Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Nukusdagi ommaviy tartibsizlik va buzgʻunchilik davomida 21 kishi
vafot etgan, 250 nafardan ziyod kishi jarohat olgan. Qoraqalpogʻistonda sodir boʻlgan ommaviy tartibsizliklar oqibatida fuqarolar va tadbirkorlarning mol-mulklari, davlat va ijtimoiy infratuzilma obʼyektlariga 3 mlrd 147 mln soʻm zarar yetkazilgan.
Oʻzbekiston hukumati 1–2 iyul kunlari Nukusda roʻy bergan voqealarni Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsion tuzumi, hududiy yaxlitligi va birligini vayron qilishga urinish deb baholagan.
Bosh prokuratura Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi (Hokimiyatni bosib olish yoki konstitutsiyaviy tuzumni agʻdarib tashlash maqsadida fitna uyushtirish) va boshqa moddalar bilan qoʻzgʻatilgan jinoiy
ish ochgan. Dastlabki tergov doirasida 14 nafar shaxs hibsga olingan.