Ukraincha sugsvang: AQSh kapitulyatsiya va yadroviy urush tanlovi orasida

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishP/k po itogam vstrechi D. Baydena s prezidentom Finlyandii i premyerom Shvetsii
P/k po itogam vstrechi D. Baydena s  prezidentom Finlyandii i premyerom Shvetsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya iqtisodiyoti “jahannamiy” sanksiyalar bergan zarbalarga dosh bera oldi. Ammo Amerika va Yevropaga shunday qiyin bo‘ldiki, ular hatto buni yashirishga ham qodir emas. Kuzda esa vaziyatning yanada xavfli bo‘lish ehtimoli bor
Shvetsiya OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Donesk atrofida yaqinda milliy harbiy –havo kuchlarida iste’foga chiqqan 28-yoshli leytenant vafot etgan. Manbada keltirilishicha, u harbiy harakatlar zonasiga bir necha oy avval “o‘zining taktik bilimlari bilan bo‘lishish” maqsadida kelgan.
Ushbu yangilik, mahalliyligiga qaramasdan, G‘arbning aro yo‘lda qolgani va yaqin vaqtlarda o‘zining Ukrainada keyingi ishtiroki shakli bo‘yicha asosiy qarorni qabul qilishga majbur bo‘layotganini tasdiqlaydigan voqea-hodisalar safiga kirdi.
Muammo shundaki, jarayonlar barcha yo‘nalishlarda Atlantika okeanining ikki tomoni qanday rejalashtirgan bo‘lsa, shunday rivojlanmoqda. Qolaversa, holat juda tez xatarli bo‘lib bormoqda.
Rossiya iqtisodiyoti “jahannamiy” sanksiyalar bergan zarbalarga dosh bera oldi. Ammo Amerika va Yevropaga shunday qiyin bo‘ldiki, ular hatto buni yashirishga ham qodir emas. Kuzda esa vaziyatning yanada xavfli bo‘lish ehtimoli bor.
Moskvani yakkalab qo‘yish ham o‘xshamadi. Bundan tashqari, bo‘layotgan voqealarni kuzatib turib, g‘arbiy bo‘lmagan dunyo global gegemonga o‘z nafratini oshkora namoyish etmoqda. Baydenning Yaqin Sharqqa qilgan tashrifi sharmandalik bilan tugadi, uni hatto eng balanparvoz nutqlar bilan ham yashirib bo‘lmaydi. Ammo Putin kecha Tehronga yaxshi borib keldi. Lavrovning o‘zi ham Indoneziyadagi sammitda mamlakatimizni boykot qilish “Katta yigirmatalik”ning qo‘lidan kelmayotganini namoyish etdi.
Ammo eng muhimi- Ukrainada yaxshi emas. Frontdagi hodisalar xuddi oldingidek asta-sekinlik bilan davom etmoqda. Shunday ekan, divan ekspertlari hisob kimning foydasiga hal bo‘layotganini tahlil qilishdan charchamayapti. Boshqa tomondan amaldorlar orasida voqealar mohiyatini ochib beruvchi bayonot va qarorlar tobora ko‘proq tarqalmoqda. Zelenskiyning bosh prokuratura va Xavfsizlik xizmati rahbarlarini olib tashlashi va “qoniqarsiz ishlari” hamda “davlatga xiyonatning ko‘pgina faktlari” keltirilgani o‘z-o‘zidan dalolat beradi.
G‘arb esa Moskva bilan jang qilishda aynan Ukrainani tikkan edi. Bu yerda mag‘lubiyat bo‘lishi mumkin emas. Ammo ishlar istalganidek bo‘lmayapti.
Ukrainada G‘arb ukrain qurolli tuzilmalaridan o‘z proksi-qo‘shini sifatida foydalanib Moskva bilan jang qilmoqda. Nazariy jihatdan, bu chindan ham ajoyib reja edi. Birinchidan, yadroviy derjavalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshi kelish xavfi yo‘q. Ikkinchidan, bu o‘zi jang qilganga qaraganda, ancha arzonga tushadi. Va, uchinchidan, qarama-qarshilikning bunday formati (iqtisodiy, harbiy, ijtimoiy va hk.) Yevropa va AQSh kamroq xarajatga tushayotgan bir paytda mamlakatimizni holdan toydirishni anglatadi.
Ammo Rossiyaning besh oylik maxsus operatsiyasida ma’lum bo‘ldiki, G‘arb Ukrainada yanada chuqurroq zaiflashib bormoqda.
U yana va yana ko‘p pul sarflashga majbur bo‘lmoqda. Ha, bosmaxona tomonidan shishirilgan trillion dollarlik pufakchalar fonida ajratilgan milliarlar unchalik ahamiyatli bo‘lmasligi mumkin. Ammo, ichki inqiroz fonida Yevropa va Amerika jamiyatlari tomonidan bu xarajatlarni qo‘llab-quvvatlash doimiy pasayib borayotir.
Ittifoqdosh qo‘shinlar tomonidan parchalanib ketayotgan qo‘shinlarning o‘rnini to‘ldirish uchun G‘arb doimiy qurollar ajratishga majbur. Qolaversa, bu G‘arbda ishlab chiqarilgan ancha qimmat va zamonaviy qurollarga ham ehtiyoj tug‘ilmoqda. Ular Rossiya va respublika qo‘shinlariga tashvish tug‘dirishi mumkin, ammo ulardan foydalanish harbiy harakatlarni to‘xtatib qolmaydi. Bundan tashqari, Rossiya bunday qurollarga qanday qilib qarshi turishni o‘rganmoqda. Kiyevga ham ishonib bo‘lmaydi, chunki yetkazilayotgan ko‘pgina qurollar partiyalari yo‘qolib bormoqda. Jurnalistlar esa eng oddiy o‘g‘richilik va Rossiya tomoniga sotilganlik faktlarini keltirishmoqda.
Shvedning halok bo‘lgani ommaga ma’lum qilingani Kiyev tomonda turib jang qilayotgan xorijliklarning muammolarini yanada chuqurlashtirdi. Shubhasiz, ular orasida qo‘shimcha pul topish niyatida yoki natsistlik e’tiqodi tufayli Ukrainaga kelgan oddiy yollanma askarlar ko‘p. Ammo “iste’fodagi leytenant” boshqa masala, aftidan u “fuqarolik kiyimidagi” harbiy maslahatchi bo‘lgan. Umuman olganda, NATO mamlakatlari va NATOning o‘zi yaqin davlatlar uzoq vaqtdan buyon tomonlardan birining haqiqiy yordami bilan mojarodan rasman uzoqlashish usulidan foydalanishadi.
Natijada taqsim G‘arb mamlakatlari uchun juda havotirli bo‘lib chiqadi: pullar, qurollar (ular allaqachon tanqis) va odamlar yo‘qoladi. Ichki vaziyat yomonlashapti. Natija esa yo‘q. Qolaversa, Vashington va Yevropa poytaxtlarida qabul qilingan har bir qaror bilan proksi-qopqoq (hech kimni aldamasa ham) ularning Rossiyaga qarshi urushi bilan ochilib ketadi.
Savol paydo bo‘ladi: G‘arb endi qanday harakat qilishi kerak?
Unda uchta aniq-ravshan variant bor: 1) chekinish 2) rasmiyatchilikni tashlab Ukrainada Rossiyaga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga kirish 3) va hozirgi mantiq bilan davom etish.
Birinchi variant G‘arbning Moskva oldida to‘liq kapitulyatsiyasi degani. Bu hozirgi paytda aql bovar qilmas bo‘lib tuyuladi. Ikkinchisi-sayyorani global yadro urushi yoqasiga qo‘yib, unda halok bo‘lish. Va albatta uchinchi variant o‘zini samarasiz ekanligini allaqachon isbotlagan. Bu Kiyevga har tomonlama qimmat yordamni yanada oshirishni anglatadi. U frontdagi vaziyatni o‘zgartirishga qodir emas va faqat AQSh va Yevropani yutqazishi aniq bo‘lgan mojaroga yanada chuqurroq tortadi.
Xullas nima qilmasin, natijasi bitta.
Aynan shu to‘plamdan G‘arb “Rossiya ustidan g‘alaba” iborasini jamlashga harakat qiladi.
Yangiliklar lentasi
0