https://sputniknews-uz.com/20220720/uy-sotib-olish-ularni-qurish-va-rekonstruktsiya-qilish-uchun-subsidiya-tolash-tartibi-ozgaradi-26347857.html
Uy sotib olish, ularni qurish va rekonstruktsiya qilish uchun subsidiya toʻlash tartibi oʻzgaradi
Uy sotib olish, ularni qurish va rekonstruktsiya qilish uchun subsidiya toʻlash tartibi oʻzgaradi
Endi Toshkent shahrida doimiy roʻyxatga olingan fuqaro subsidiya asosida Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ham sotib olishiga ruxsat beriladi. 20.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-20T10:12+0500
2022-07-20T10:12+0500
2022-07-20T10:12+0500
iqtisod
uy
subsidiya
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1418/32/14183256_0:65:1280:785_1920x0_80_0_0_9b066c58045fa697a2fbf26189a0f68f.jpg
TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. 2022 yilda uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uylarni qurish va rekonstruktsiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibiga oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Endi Toshkent shahrida doimiy roʻyxatga olingan fuqaro subsidiya asosida Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ham sotib olishiga ruxsat beriladi.Buning natijasida, Toshkent shahrida uy-joyga boʻlgan 8 mingdan ortiq talab nisbatan qisqartiriladi. Arizachilarni oilaviy daromad (turmush oʻrtogʻi va turmush qurmagan farzandlari) tartibida baholash joriy etiladi.Natijada subsidiya daromadi yuqori boʻlmagan oilalarga manzilli yetib borishi taʼminlanadi.Subsidiya talabgorini baholash komissiyasi tarkibidan ichki ishlar boʻlimlari va banklar chiqarib tashlandi. Buning natijasida arizalarni koʻrib chiqish muddatini 5 kunga qisqartirishga imkon yaratiladi.Fuqarolarni ijtimoiy meʼzonlarga asosan baholash va ularni ipoteka krediti boʻyicha toʻlov qobiliyatini aniqlash mustaqil ravishda olib boriladi.Natijada ijobiy xabarnoma olgan fuqarolarga ipoteka krediti miqdorini kafil qoʻshish orqali mustaqil belgilash imkoni yaratiladi.Hududiy komissiya yigʻilishlarini elektron tarzda amalga oshiriladi. Xulosalarni umumlashtirib komissiya yigʻilishini oʻtkazish va arizachiga taqdim etish muddati 8 kunga qisqartiriladi.Arizachilarni baholash dasturiy taʼminotini avtomatlashtiriladi va elektron bazalari oʻzaro integratsiya qilinadi.Buning ortidan hujjatni koʻrib chiqishda yil yakuniga qadar inson omili qisqartiriladi.Bunda talabgorlar subsidiya asosida uy-joyni doimiy roʻyxatdan oʻtgan hududi doirasida istalgan tuman/shahardan olishi mumkin boʻladi.Ariza faqatgina fuqarolik pasporti maʼlumotlarini (JSHSHIR) kiritish orqali topshiriladi.Oʻzgartirishlar natijasida koʻrib chiqishning umumiy muddati oʻrtacha 7 ish kunigacha qisqartirishga erishiladi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1418/32/14183256_74:0:1207:850_1920x0_80_0_0_e6bbb2875f953ec9e9fe80db9051292f.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
uy, subsidiya
Uy sotib olish, ularni qurish va rekonstruktsiya qilish uchun subsidiya toʻlash tartibi oʻzgaradi
Endi Toshkent shahrida doimiy roʻyxatga olingan fuqaro subsidiya asosida Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ham sotib olishiga ruxsat beriladi.
TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. 2022 yilda uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uylarni qurish va rekonstruktsiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibiga oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Endi Toshkent shahrida doimiy roʻyxatga olingan fuqaro subsidiya asosida Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ham sotib olishiga ruxsat beriladi.
Buning natijasida, Toshkent shahrida uy-joyga boʻlgan 8 mingdan ortiq talab nisbatan qisqartiriladi. Arizachilarni oilaviy daromad (turmush oʻrtogʻi va turmush qurmagan farzandlari) tartibida baholash joriy etiladi.
Natijada subsidiya daromadi yuqori boʻlmagan oilalarga manzilli yetib borishi taʼminlanadi.
Subsidiya talabgorini baholash komissiyasi tarkibidan ichki ishlar boʻlimlari va banklar chiqarib tashlandi. Buning natijasida arizalarni koʻrib chiqish muddatini 5 kunga qisqartirishga imkon yaratiladi.
Fuqarolarni ijtimoiy meʼzonlarga asosan baholash va ularni ipoteka krediti boʻyicha toʻlov qobiliyatini aniqlash mustaqil ravishda olib boriladi.
Natijada ijobiy xabarnoma olgan fuqarolarga ipoteka krediti miqdorini kafil qoʻshish orqali mustaqil belgilash imkoni yaratiladi.
Hududiy komissiya yigʻilishlarini elektron tarzda amalga oshiriladi. Xulosalarni umumlashtirib komissiya yigʻilishini oʻtkazish va arizachiga taqdim etish muddati 8 kunga qisqartiriladi.
Arizachilarni baholash dasturiy taʼminotini avtomatlashtiriladi va elektron bazalari oʻzaro integratsiya qilinadi.
Buning ortidan hujjatni koʻrib chiqishda yil yakuniga qadar inson omili qisqartiriladi.
Subsidiyalar ajratishning maqsadli parametrlari doirasida subsidiyalarni tuman va shahar kesimida qayta taqsimlash amaliyoti tugatiladi.
Bunda talabgorlar subsidiya asosida uy-joyni doimiy roʻyxatdan oʻtgan hududi doirasida istalgan tuman/shahardan olishi mumkin boʻladi.
Ariza faqatgina fuqarolik pasporti maʼlumotlarini (JSHSHIR) kiritish orqali topshiriladi.
Oʻzgartirishlar natijasida koʻrib chiqishning umumiy muddati oʻrtacha 7 ish kunigacha qisqartirishga erishiladi.