Chet tilidan kasbiy imtihon qachon va qayerda oʻtkaziladi - tafsilotlar

© Sputnik / Sergey Pyatakov
/ Respublikaning barcha hududlarida 23 iyuldan boshlab chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladi.
TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik. Respublikaning barcha hududlarida 23-24-25-26-iyul kunlari 6 ta oliy taʼlim muassasasining tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirish uchun chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladi.
Imtihonlar 2 bosqichdan iborat:
1-bosqich (yozma qismi) – tinglab tushunish, oʻqish va yozish koʻnikmalarini baholash imtihonlari qogʻoz shaklda;
2-bosqich – gapirish koʻnikmasini baholash imtihonlari esa Davlat test markazining maxsus dasturi orqali belgilangan joylarda elektron tarzda boʻlib oʻtadi.
“Abituriyentlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani (abituriyent qayd varaqasining quyi qismida) yuklab olishlari mumkin”, - deyiladi Davlat test markazi xabarida.
Abituriyentlardan imtihon oʻtkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari soʻraldi.
Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar quyidagi manzillarda oʻtkaziladi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi.
Andijon viloyati.
Barcha imtihonlar (yozma va gapirish): Andijon davlat tibbiyot institutining asosiy binosi. Manzil: Andijon shahri, Y.Atabekov koʻchasi, 1-uy (klinika roʻparasida).
Namangan viloyati.
Fargʻona viloyati.
Buxoro viloyati.
Barcha imtihonlar: Davlat test markazining Buxoro viloyati boʻlimi binosi.Manzil: Buxoro tumani, Bogʻidasht MFY. Moʻljal: Buxoro shahri, 7-kichik tuman, 43-maktab orqa tomoni.
Xorazm viloyati.
Surxondaryo viloyati.
Imtihonning yozma qismi: Roʻzi Choriyev nomidagi Surxondaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati. Manzil: Termiz shahri, Kattabogʻ mahallasi, Alisher Navoiy koʻchasi, 69-uy. Moʻljal Termiz olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji.
Gapirish koʻnikmasini baholash imtihoni: Termiz olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji. Manzil: Termiz shahri, A.Navoiy koʻchasi, 42-uy.
Qashqadaryo viloyati.
Imtihonning yozma qismi: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti. Manzil: Qarshi shahri, Xonobod shohkoʻchasi, 19-uy. Moʻljal Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi roʻparasida.
Gapirish koʻnikmasini baholash imtihoni: Qarshi davlat universitetining axborot texnologiyalari markazi. Manzil: Qarshi shahri, Koʻchabogʻ, 17-uy.
Jizzax viloyati.
Gapirish koʻnikmasini baholash imtihoni: Jizzax shahridagi “Sambhram” universiteti. Manzil: Jizzax shahri “Jizzaxlik” MFY, H.Nosirov koʻchasi, 3-uy.
Navoiy viloyati.
Barcha imtihonlar: Navoiy davlat pedagogika institutining matematika va informatika fakulteti.Manzili: Navoiy shahri, Janubiy koʻchasi, 1-“A” uy.
Samarqand viloyati.
Imtihonning yozma qismi: Samarqand viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi. Manzil: Samarqand shahri, Hasan Obiddinov koʻchasi, 7-uy. Moʻljal Viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi.
Gapirish koʻnikmasini baholash imtihoni: Samarqand shahridagi Prezident maktabi. Manzil: Samarqand shahri, A.Temur koʻchasi, 82-uy.
Sirdaryo viloyati.
Barcha imtihonlar: Guliston tibbiyot kolleji (2-qavat). Manzili: Guliston shahri, 3-mavze, Obod yurt mahallasi, Ibn Sino koʻchasi, 14-uy.
Toshkent shahri.
Imtihonning yozma qismi (1-bino): Oʻzbekiston milliy universitetining kimyo fakulteti. Manzili: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet koʻchasi, 4-uy.
Imtihonning yozma qismi (2-bino): Davlat test markazi. Manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bogʻishamol koʻchasi, 12-uy.
Gapirish koʻnikmasini baholash imtihoni: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti. Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur shohkoʻchasi, 108-uy.