Iqtisod

Yekaterinburgda Oʻzbekiston savdo uyi ochiladi

Uzbekskiye tkani - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ochilish kelasi yilning birinchi yarmida boʻlib oʻtadi.
TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik. 2023 yilda Rossiyaning Yekaterinburg shahrida Oʻzbekiston savdo uyi ochiladi. Bu haqda Oʻzbekistonning Yekaterinburgdagi bosh konsuli Abdusalom Xatamov maʼlum qildi, deb yozmoqda “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi.
Savdo vakolatxonasi Oʻzbekiston sanoat va toʻqimachilik mahsulotlarini sotish va koʻrgazmaga qoʻyishni rejalashtirgan.
Bosh konsulning fikricha, bu respublikaning oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Tomonlar iyul oyi boshida Yekaterinburgda boʻlib oʻtgan “Innoprom” koʻrgazmasida vakolatxona tashkil etish masalasini koʻrib chiqdi va muhokama qildi. Ayni paytda ular muassasa joylashadigan joyni tanlamoqda.
“Biz allaqachon bir qancha joylarni, savdo uyi ochish mumkin boʻlgan nuqtalarni koʻrib chiqdik. Bu yil, ehtimol, amalga oshmasa kerak, chunki bu tashkiliy masala. Biz Rossiya tomonini qoʻllab-quvvatlashdan juda manfaatdormiz. Menimcha, ochilish kelasi yilning birinchi yarmida boʻlib oʻtadi”, deya aniqlik kiritdi Xatamov.
Yangiliklar lentasi
0