Iqtisod

MB raisi: 200 ming soʻmlikning chiqarilishi odamlarga qulaylik yaratadi

© Foto: TSB UzbekistanaMamarizo Nurmuratov
Mamarizo Nurmuratov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmuratov 200 ming soʻmlik pulning chiqarilishi odamlarga qulaylik yaratishini maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Markaziy bankda pul-kredit siyosatining operatsion mexanizmiga bagʻishlangan brifingda Nurmuratov odamlar orasida 200 mingtalik chiqdi, inflyatsiya darajasi kuchayadi, degan notoʻgʻri qarashlar boʻlayotganini taʼkidladi.
“Markaziy bank 200 ming soʻmlik banknotani muddatdan ilgariroq chiqarishdan maqsad, avvalo odamlarga qulaylik yaratish va umumeʼtirof yetilgan banknotalarga ehtiyojni qondirishdan iborat", - dedi Markaziy bank raisi.
Eng yuqori pul kupyurasi oʻrtacha oylik ish haqidan kamiga 30-40 foizga teng boʻlishi kerak.
"Pul chiqarishda aholining oʻrtacha xarid summasi ham inobatga olinadi. Shuningdek, mamlakat hududida jami muomaladagi banknotalar miqdori hisoblab chiqiladi" - dedi u.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 15 iyuldan 200 ming soʻmlik pul muomalaga chiqarilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0