Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Nerv ogʻrigʻini haqiqiy ogʻriqdan qanday farqlash mumkin?

© Unsplash / Dev Asangbam Devushka zakrыvayet litso rukami
Devushka zakrыvayet litso rukami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ekspert asabiylashish qanday qilib ogʻriqlarga sabab boʻlishini aytdi
Asabiylashish tufayli odamlar tanasining turli qismida ogʻriq his qilishi mumkin. Bunday ogʻriq hech qanday sabablarsiz ham paydo boʻlishi mumkin. Uni tabletkalar bilan qoldirib boʻlmaydi, deydi Andrey Shkarovskiy.

“Umuman ogʻriq nima? Agar soddaroq aytadigan boʻlsak, bu organizmga yetkazilgan shikast tufayli uning ham jismoniy ham hissiy yoqimsiz boʻlgan reaktsiyasi”- deydi Shkarovskiy.

Uning soʻzlariga koʻra, “nerv ogʻrigʻi” ruhiy jarohatlar tufayli kelib chiqadi. Bu esa insonning jismoniy holatiga taʼsir qiladi. Oddiy ogʻriq esa retseptorlarning mexanik shikastlanishga reaktsiyasi, masalan yiqilish natijasida yuzaga keladi.

“Ruhiy ogʻriqlar bemorlar tomonidan chidab boʻlmas, fikr va tanani oʻziga bogʻlab olgandek tuyuladi. Surunkali saraton kasalligidan kelib chiqadigan ogʻriqlarni his qiladiganlar shunday oʻylashi mumkin”, -deydi shifokor.

Nerv ogʻrigʻida uning aynan qayerda boshlanganini aniqlash qiyin. Oddiy ogʻriqda esa, buni bilish juda oson. Bundan tashqari, psixogen ogʻriqlarga qarshi kurashda koʻpincha shifokor tavsiya qiladigan dorilar yordam bermaydi. Biroq tinchlantiruvchi va tushkunlikka qarshi vositalar ogʻriq qoldiruvchi doridek taʼsir qilishi mumkin. Tajribali mutaxassis ogʻriqning manbasini topib toʻgʻri tashxis qoʻyadi. Bunda asosiysi- istak va sabr-toqat, deydi Shkarovskiy.
Yangiliklar lentasi
0