Sport

Oʻzbek kurashi “Osiyo bolalari” sport oʻyinlari dasturiga kiritildi

© Sportni rivojlantirish vazirligi Oʻzbek kurashi “Osiyo bolalari” sport oʻyinlari dasturiga kiritildi
Oʻzbek kurashi “Osiyo bolalari” sport oʻyinlari dasturiga kiritildi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Musobaqada Oʻzbekiston nomidan 174 nafar vakil sportning 17 turida ishtirok etadi.
TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik. Oʻzbek kurashi “Osiyo bolalari” sport oʻyinlari dasturiga kiritildi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, milliy sport kurashi nufuzli oʻyinlar dasturiga ilk marotaba kiritildi.
Kurash musobaqalarida 5 nafar oʻgʻil bola va 4 nafar qiz bola vazn toifasida oʻzaro bellashishadi.
Oʻzbekiston nomidan 174 nafar vakil sportning 17 turida ishtirok etadi.
Musobaqalarda oʻzbek sportchilarining ishtiroki quyidagicha:
Badminton – 4-7 avgust,
Stol tennisi va basketbol 3x3 – 29 iyul – 1 avgust,
Oʻq otish va boks – 2-6 avgust,
Sambo – 3 avgust,
Sport kurashlari va yengil atletika – 31 iyul – 2 avgust,
Badiiy gimnastika va suzish – 29-31 iyul,
Kamondan otish – 4-6 avgust,
Mas-restling – 4-5 avgust,
Plyaj voleyboli – 28 iyul – 3 avgust,
Mini-futbol – 31 iyul – 7 avgust,
Oʻzbek kurashi – 6 avgust,
Dyuzdo – 2-4 avgust,
Tayekvondo – 30-31 avgust.
Musobaqada Oʻzbekiston delegatsiyasi sportning faqatgina Xapsagay (Yakutiya milliy kurashi) hamda Breyking (brey-dans) turlarida ishtirok etishmaydi.
Eslatib oʻtamiz, 27 iyul – 8-avgust kunlari Vladivostokda oʻsmirlar oʻrtasida “Osiyo bolalari” (“Deti Azii”) VII xalqaro sport oʻyinlari oʻtkaziladi.
Musobaqalar 10 ta sport inshooti, jumladan, yangilangan “Dinamo” stadioni, “Olimpiyskiy” sport majmuasi, “Yunost” sport saroyi va Vladivostokning markaziy maydonida oʻtkaziladi.
Oʻyinlarning tantanali ochilish va yopilish marosimlari esa “Fetisov Arena” kontsert-sport majmuasida boʻlib oʻtadi.
Yangiliklar lentasi
0