TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi ilk bor rasman oʻtkazilgan CAFA turnirining barcha uchrashuvlarida gʻalaba qozonib, musobaqa chempioniga aylandi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.Yaponiyalik mutaxassis Midori Xonda qoʻl ostidagi terma jamoa chempionlik yoʻlida Tojikiston (6:0), Turkmaniston (6:0), Qirgʻiziston (7:0) va Eron (1:0) jamoalari ustidan gʻalaba qozondi. Oʻzbekistonliklar 12 ochko jamgʻarishga muvaffaq boʻlishdi. Eʼtiborlisi, birorta ham toʻp oʻtkazishmadi.Ikkinchi oʻrin Eron, uchinchi oʻrin esa Qirgʻiziston ayollar jamoasiga nasib etdi.Oʻzbekistonlik futbolchi Nilufar Qudratova turnir toʻpurari (5 ta gol) va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.CAFA Womenʼs Championship-2022 Dushanbe shahrida 8-20 iyul kunlari boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston, Tojikison, Turkmaniston, Qirgʻiziston va Eron jamoalari oʻzaro bellashishdi.
Oʻzbekiston ayollar jamoasi ilk bor rasman oʻtkazilgan CAFA turnirida barcha raqibalarini dogʻda qoldirishdi.
TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi ilk bor rasman oʻtkazilgan CAFA turnirining barcha uchrashuvlarida gʻalaba qozonib, musobaqa chempioniga aylandi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Yaponiyalik mutaxassis Midori Xonda qoʻl ostidagi terma jamoa chempionlik yoʻlida Tojikiston (6:0), Turkmaniston (6:0), Qirgʻiziston (7:0) va Eron (1:0) jamoalari ustidan gʻalaba qozondi. Oʻzbekistonliklar 12 ochko jamgʻarishga muvaffaq boʻlishdi. Eʼtiborlisi, birorta ham toʻp oʻtkazishmadi.
CAFA Womenʼs Championship-2022 Dushanbe shahrida 8-20 iyul kunlari boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston, Tojikison, Turkmaniston, Qirgʻiziston va Eron jamoalari oʻzaro bellashishdi.