Jamiyat

"Prava"ni yangisiga masofadan almashtirish yoʻlga qoʻyilishi mumkin

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishV Rossii nachali vыdavat voditelskiye udostovereniya novogo obraztsa
V Rossii nachali vыdavat voditelskiye udostovereniya novogo obraztsa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Tayyor guvohnoma haydovchilarga pochta orqali yetkazib beriladi.
TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik. Haydovchilik guvohnomasini masofadan almashtirish yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan. Bu haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasida boʻlib oʻtgan yalpi majlisda adliya vaziri Ruslanbek Davletov maʼlum qildi.
Adliya vaziri oʻz soʻzida eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirishni toʻla raqamlashtirish va yangi guvohnomalarni pochta orqali yetkazib berishni yoʻlga qoʻyish masalasiga toʻxtalib oʻtdi.
Qayd etilishicha, onlayn tartib joriy etilsa, xaydovchilarning davlat xizmatlari markaziga kelishi shart boʻlmaydi. Bu faqat elektron ravishda amalga oshiriladi.
Tayyor guvohnoma esa pochta orqali yetkazib beriladi.

“Bitta kamchilik bor, guvohnomaga imzo chekish kerak. Buning uchun albatta haydovchi oʻzi kelishiga toʻgʻri keladi. Bu tartibni olib tashlash xarakatini qilyapmiz. Buni oʻziga yarasha xalqaro talablari bor. Koʻp davlatlarda imzo chekish tartibi yoʻq ekan. Biz ham shuni uddalasak, muamolar boʻlmaydi”, deydi Ruslanbek Davletov.

Vazirning soʻzlariga koʻra, guvohnomani almashtirish muddati 2-3 marta choʻzib berilgan. Shunga qaramay oxiriga muddat kuni navbatlar koʻpayib ketmoqda.
“Agar shunday qilmasak aytayotgan muammolarimiz yana takrorlanaveradi. Besh yildan keyinam xuddi shunaqa boʻladi", dedi vazir.
Eslatib oʻtamiz, aprel oyida eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati yana uzaytirilgandi.
Yangiliklar lentasi
0