Iqtisod

Pul oʻtkazmalarining qanchasi rubl koʻrinishida kelib tushgan

© Sputnik / Vladimir TrefilovMoneta nominalom odin rubl.
Moneta nominalom odin rubl. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
2022 yilning birinchi yarmida respublikaga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul oʻtkazmalari 6,5 mlrd dollarni tashkil etgan.
TOSHKENT, 21 iyul – Sputnik. Markaziy bank maʼlumotiga koʻra, yarim yillikda pul oʻtkazmalarining 199 mln dollarlik qismi rubl koʻrinishida kelib tushgan. Bu haqda Markaziy bankdagi brifingda maʼlum qilindi.
Bank raisi Mamarizo Nurmuratovning soʻzlariga koʻra, pul inflyatsiyasining 2023 yil uchun moʻljallangan targeti 2024 yilga koʻchadi. Kelayotgan pul oʻtkazmalarining ichki valyuta bozorida qanday harakatlanayotganligi bu juda muhim. Shu oʻrinda, pul oʻtkazmalari oshganiga taʼsir koʻrsatgan katta omillardan biri bu naqd pulda eksport qilish hajmining koʻpayganligi boʻlgan.
Markaziy bank pul oʻtkazmalari boʻyicha holat omillari:
Rossiyada naqd valyuta va naqdsiz valyuta kursi oʻrtasida 15-30 foizgacha farq yuzaga kelgan.
Migrantlar norasmiy pul oʻtkazmalarini rasmiy kanallar orqali oʻtkazishga oʻtgan.
Dastlabki baholashlarga koʻra, iyun oyi eksportining 10 foizi atrofidagi tushumi naqd pul koʻrinishida yuz bergan.
Mart oyidan boshlab Markaziy bank markazlashgan tarzda qoʻshma shtatlar Federal banklardan naqd valyuta olib kelmoqda. Biroq bu tijorat banklari olib kelishlari mumkin degani emas. Oʻtgan davrda 2,5 mlrd dollardan ziyod naqd valyuta olib kelib tarqatilgan.
Qayd etish joizki, 2022 yilning birinchi yarmida respublikaga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul oʻtkazmalari 6,5 mlrd. dollarni tashkil etgan. Bu 2021 yilning mos davriga nisbatan 96 foizga (3,2 mlrd.dollar) oshgan. Birgina iyunda amalga oshirilgan oʻtkazmalar miqdori 2,3 mlrd. dollarga yetgan.

Mavzuga oid:

Rossiyadan pul oʻtkazmalarini qabul qilishda muammo yoʻq - Qoʻchqorov
Yangiliklar lentasi
0