Kolumnistlar

Putin Gʻarbni irqchilik va neokolonializmda aybladi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin prinyal uchastiye v forume ASI
Prezident RF V. Putin prinyal uchastiye v forume ASI - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Shunday tasavvur paydo boʻlyaptiki, xuddi gʻarb kelajak borasida oʻz modelini taklif qila olmayotgandek.
Ha, albatta, bu “oltin millard” oʻz-oʻzidan oltin boʻlib qolmagan, koʻp narsaga erishgan, ammo u amalga oshirilgan gʻoyalar bilan emas, balki Osiyoning ham, Afrikaning ham koʻplab mamlakatlarini talon-taroj qilib oʻz pozitsiyasini egallagan.
Hatto Gʻarbning koʻplab tanqidchilari, biznikilar ham, xorijda ham afsuski, Rossiyaning yangi gʻoyalar va kelajak tartib borasida dunyoga taklif qiladigan hech nimasi yoʻq deb hisoblaydi. Buni tanqid qilish albatta, yaxshi, ammo oʻzingiz globalizatsiyaning vayron boʻlgan anglo-sakson modeli oʻrniga nimani taklif qilasiz? Vladimir Putin bu savollarga maxsus maqola yoki biror chiqishida javob berishiga vaʼda bergan edi. Hozir esa u soʻnggi hafta uchun uchinchi marotaba u yoki bu tarzda, yangi davrning kelishi mavzusiga qaytadi, goʻyo bu bilan boʻlajak nutq uchun qoralamalarini tayyorlayotgandek.
Masalan, chorshanba kuni Strategik tashabbuslar agentligining “Yangi darv uchun kuchli gʻoyalar” yangi loyihasini ilgari surish boʻyicha forumda soʻzga chiqqan prezident yangi dunyo tartibi, “haqiqiy inqilobiy oʻzgarishlar tobora kuchayib borayotgani” haqida gapirdi:
“Bu ulugʻvor oʻzgarishlar albatta qaytarib boʻlmas. Milliy miqyosda ham, global miqyosda ham uygʻun, adolatli, ijtimoiy yoʻnaltirilgan va xavfsiz dunyo tartibining asoslari va tamoyillari koʻrib chiqilmoqda- hozirgi yoki aytish mumkinki, ilgari mavjud boʻlgan, oʻz tabiatiga koʻra tsivilizatsiya rivojiga toʻsqinlik qilgan bir qutbli dunyo tartibiga muqobil sifatida”.
Putin allaqachondan buyon globalizatsiyaning atlantikacha loyihasini tanqid qilib kelgan. Ammo soʻnggi paytlarda u juda kesqin tanqid qiladigan boʻldi:

Oltin millardning umumiy hukmronligi adolatsiz. Nega butun dunyo sayyorasidan aynan mana shu “oltin millard” hammaning ustidan hukmronlik qilishi kerak? Istisnolik xomxayollariga asoslangan oʻz huquqlari, xulq-atvorlarini tiqishtirishi kerak? U xalqlarni birinchi va ikkinchi navlarga boʻladi, chunki u oʻz mohiyatiga koʻra irqchi va neokolonial. Uning asosidagi globalistik, goʻyoki liberal mafkura tobora totalitarizm xususiyatlarini egallab, ijodiy izlanish, erkin tarixiy bunyodkorlikni ortga tortmoqda.

Shunday tasavvur paydo boʻlyaptiki, xuddi gʻarb kelajak borasida oʻz modelini taklif qila olmayotgandek. Ha, albatta, bu “oltin millard” oʻz-oʻzidan oltin boʻlib qolmagan, koʻp narsaga erishgan, ammo u amalga oshirilgan gʻoyalar bilan emas, balki Osiyoning ham, Afrikaning ham koʻplab mamlakatlarini talon-taroj qilib oʻz pozitsiyasini egallagan. Hindistonni qancha talashgan axir. Shuning uchun mana shu oltin millard elitasi jahon taraqqiyotining boshqa markazlari oʻz rivojlanish variantlarini taqdim etishi mumkinligidan nihoyatda qoʻrqishadi. Ammo gʻarblik va millatlar usti elitalari bor tartibni saqlashga qanchalik harakat qilmasin, baribir yangi davr, jahon tarixida yangi bosqich boshlanmoqda.
Yaʼni “oltin millard” shunchaki oʻziga xoslilik gʻoyasidan kelib chiqmaydi – uning mafkurasi irqchilik, neokolonialistik va asta –sekinlik bilan totalitar boʻlib bormoqda.
Putin globalistik liberalizmni, yaʼni yagona toʻgʻri taʼlim, insoniyatning porloq kelajagi nazariyasini shunchaki qoralabgina qolmay, sovet davridagi rahbarlar aytgan ayblarni qisman takrorlaydi. Oʻsha paytda “globalizatsiya” atamasi boʻlmagan va Gʻarbni shunchaki “imperalistlar” deb atashgan. Demak Putin kommunistik mafkura va propaganda izidan ketyaptimi? SSSR va Rossiya, Stalin va Putin oʻrtasida farq yoʻq deb hisoblaydiganlar (ayniqsa AQSH) haq. Ularning hammasi- rus, kommunistlar...
Albatta, yoʻq- Putinning ijtimoiy adolat gʻoyalari va kommunistik ideallarga (u bir necha bor bular nasroniylik gʻoyalariga oʻxshashini aytgan) xayrixoh boʻlishiga qaramay, uni kommunistlar safiga kiritish mumkin emas. Na ichki siyosat, yaʼni jamiyat va davlat qurilishi qarashlarida ham, na tashqi siyosat tomondan ham. Shunchaki Sovet yillarida Gʻarb haqida aytilgan gaplar koʻp jihatidan, jumladan kommunistik yetakchilarimiz jahon tarixi va geosiyosatini juda yaxshi bilganlari uchun ham haqiqat boʻlib chiqdi. Va Gʻarbga boʻlgan tamomila adolatli ayblovlar esa nafaqat mamlakatimizning toʻgʻri ichki tuzilishi haqida oʻz gʻoyalarini targʻib qilishlari, balki jahon sahnasida kurashishi uchun kerak boʻlgan.
Ha, SSSR oʻz tarixi davomida Gʻarbga muqobil, yangi, oʻzgacha dunyo sifatida, hammasi adolatli tashkil etilgan mamlakat sifatida, butun dunyoni yorugʻ kelajak sari oʻz yoʻlidan borishga chorlovchi davlat sifatida harakat qilgan. Bu yerda gap chindan ham mamlakatimizda ahvol qanday boʻlganida emas, balki u targʻib qilgan gʻoyalarda. Qolaversa, u buni oʻzi ularga ishonishni toʻxtatganga qadar (hammasi emas, albatta, ammo elitaning bir qismi yetarli boʻldi) muvaffaqiyatli targʻib qilib kelayotgan edi.
Bizning oʻzimiz kommunistik ideallar va sotsialistik davlatdan voz kechdik va hozir bunga nima - ularning mukammal boʻlmaganimi yoki oʻzimizning kuchsizligimiz, xatolarimiz asosiy sabab boʻlgani muhim emas. Muhimi mamlakatimizning dunyoda nafaqat kuchli va mustaqil, balki jasoratli, jahon yetakchiligiga daʼvogar davlat sifatida qolganidir.
Albatta, SSSR deyarli har doim mafkura va pragmatizmni uygʻunlashtirdi, jahon inqilobi va (urushdan keyin bu intilish faqat sotsializm dunyosini kengaytirish haqida boʻldi) va mohir siyosiy oʻyinga intildi. Ammo, gʻarbiy boʻlmagan dunyoda mamlakatimiz qiyofasi inqilobiy boʻlib qoldi. Xitoy va Hindiston, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi – ularning hammasi bizni “dunyoning zoʻrlariga” tikkama-tikka chiqadigan va yanada adolatli dunyoga chaqiradigan deb bildi.
Va hozir gʻarbiy dunyo tartibining yarim ming yillik davri yakunlanayotganda, XX asr tarixidagi rolimiz haqidagi xotira bizning foydamizga ishlayapti. Chunki biz Gʻarbni doim irqchilik va neokolonializm sababli tanqid qilib kelganmiz. Va buni oʻzida his qilib koʻrgan gʻarbiy boʻlmagan dunyo xalqlari bizning tanqidimiz samimiy va halol boʻlganini biladi. Paradoks yana shundaki, oʻsha gʻarbiy boʻlmagan dunyo uchun biz- oqlar, umuman olganda Gʻarbning bir boʻlagidek. Shu bilan birga, tariximizning butun Sovet davri biz va boshqa Gʻarb xalqlari orasida tub farqni aniq koʻrsatib kelgan. Bu tafovut mafkuraviy farqdan (va doim boʻlgan) ancha chuqurroq ekanligini gʻarbiy boʻlmagan dunyo asosan bilmagan va tushunmagan. Shuning uchun SSSR parchalanib, mamlakatimiz dunyodagi barcha pozitsiyalarini tashlaganda, Janub xalqlari ruslar ham endi boshqa gʻarbliklar kabi boʻladi deb oʻylashgan.
Ammo shu asrning oʻzidayoq Rossiya yana Gʻarbga qarshi chiqdi. Avvaliga bir qutbli dunyo bilan oʻz kelishmovchiligini bildirish orqali (Putinning Myunxendagi nutqi), keyin esa Gʻarbga muqobil koʻp tomonlama tuzilmalarni qurishga kirishish orqali. Ha, bizning kuchimiz Sovet davriga qaraganda ancha kam, gʻarbiy boʻlmagan dunyo ham oʻshandan buyon ancha kuchliroq boʻldi. Va u yerda bizni nafaqat lider sifatida eslashadi, balki Vladimir Putin qanday harakat qilishi va nima deyishini ham yaxshi bilishadi.
Ha, Putin ham, Rossiya ham gʻarbiy boʻlmagan dunyoga anglo-saksonlarning boshi berk koʻchaga kirib qolgan globalistik loyihasiga muqobil taklif qilmaydi, ammo hozircha muhimi, biz nimani rad etishimiz, nimani qabul qilib boʻlmas va amalga oshirib boʻlmas deb bilishimizda. Va boshqalarni ham bu borada bizga qoʻshilishlarini taklif qilamiz. Biz buni zaiflashib borayotgan gegemonning oʻrnini egallash, bitta gʻoya bilan bir insoniyat” yangi dunyosini qurishga chaqirganimiz uchun emas. Yoʻq, biz hammamiz uchun foydali boʻladigan ishni birga qilishni istaymiz. Har kim oʻz uyini oʻzi qursin, biz barchamiz esa umumiy yashashning qoidalarini ishlab chiqish, yaʼni mamlakatlarimiz-uyimizning boshqalar bilan munosabatini aniqlab olish bilan shugʻullanamiz. Bu albatta, dunyo miqyosidagi inqilob emas. Ammo favqulodda muhim taklif. Ayniqsa, qulayotgan gegemonning chala qurilgan Bobil binosi bizning ustimizga qulash xatari boʻlib turgan hozirgi paytda.
Rossiya hammani oʻzi taqdirini oʻz qoʻliga olishga, yaʼni masʼuliyatli va mustaqil mamlakat boʻlishga (hech boʻlmaganda, shunga harakat qilishga) chaqiradi. Chunki:

Faqat chinakam suveren davlatlar yuqori oʻsish dinamikasini taʼminlashi, insonlar hayotining meʼyorlari va sifati, anʼanaviy qadriyatlar va yuksak insonparvarlik gʻoyalarini himoya qilishda boshqalarga oʻrnak boʻla oladi. Bunda inson vosita emas, balki oliy maqsadga aylanadi.

Suverenitet – bu milliy rivojlanish erkinligi va shuning uchun har bir shaxsda alohida: davlatning texnologik, madaniy, intellektual, taʼlim qobiliyati. Va albatta suverenitetning eng muhim tarkibiy qismi bu masʼuliyatli, faol va milliy fikrlaydigan, milliy yoʻnaltirilgan fuqarolik jamiyatidir”.
Putinning bu soʻzlari faqat Rossiyaga tegishli emas. Bu soʻzlar dunyoning barcha mamlakatlariga, oʻz xalqini, oʻz tsivilizatsiyasini asrab qolishni istaydigan, globallashuvning qaynayotgan qozonidan ham, insoniyatning porloq kelajagi sifatida postgumanizmdan ham qanoatlanmaydiganlarning hammasiga qaratilgan. Bundaylar esa- mutlaq koʻpchilikni tashkil etadi. Bular orasida “oltin milliard” aholisining bir qismi ham bor. Muammolar axir ularda emas, balki ularning oʻz “istisnoligi” ga ishongan, ammo mana shu “oʻziga xoslilik”, istisnolik teskari taʼsir berishi- yaʼni hamma aynan seni yakkalab qoʻyishini- hech oʻylab koʻrmagan elitasida.
Yangiliklar lentasi
0