Dunyoda

Putin mutlaqo sogʻlom – AQSH bosh razvedkachisi

© Sputnik / Alexei Druzhinin / Fotobankka oʻtishPrezident Rossii Vladimir Putin v formate videokonferentsii prinimayet uchastiye v torjestvennoy tseremonii po sluchayu nachala soorujeniya tretyego energobloka AES "Akkuyu" v turetskoy provintsii Mersin
Prezident Rossii Vladimir Putin v formate videokonferentsii prinimayet uchastiye v torjestvennoy tseremonii po sluchayu nachala soorujeniya tretyego energobloka AES Akkuyu v turetskoy provintsii Mersin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Sergey Lavrov va Dmitriy Peskov ham Putinning sogʻlomligini aytgandi.
TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin mutlaqo sogʻlom, dedi AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Uilyam Berns Kolorado shtatidagi Aspen institutining yillik xavfsizlik forumidagi nutqida.
“Prezident Putinning salomatligi haqida turli mish-mishlar yuradi. Biz aytishimiz mumkinki, u mutlaqo sogʻlom”, dedi u.
Avvalroq, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov aqli raso odamlar prezidentda qandaydir kasallik belgilarini koʻra olmasligini aytgan edi.
“Prezident Putin har kuni omma oldiga chiqadi. Uni ekranlarda tomosha qilish, nutqlarini oʻqish va tinglashingiz mumkin. Menimcha, aqli raso odamlar prezidentda qandaydir kasallik belgilarini koʻra olmaydi. Buni mish-mishlar tarqatayotganlarning vijdoniga qoldiraman”, degan edi Lavrov.
Maʼlumot uchun, 7 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin 70 yoshni qarshi oladi. Uning tashriflari, ish yuritishi va oʻzini tutishidan ham Putin mutlaqo sogʻlom ekanligini bilish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0