https://oz.sputniknews-uz.com/20220721/qozogiston-transafgon-temir-yoli-qurilishida-ishtirok-etish-istagini-bildirdi-26392227.html
Qozogʻiston transafgʻon temir yoʻli qurilishida ishtirok etish istagini bildirdi
Qozogʻiston transafgʻon temir yoʻli qurilishida ishtirok etish istagini bildirdi
Qozogʻiston temir yoʻllarning yer ustki qurilmalari uchun materiallar bilan uzluksiz taʼminlab, harakatdagi sostav taqdim qilishi mumkin. 21.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-21T11:43+0500
2022-07-21T11:43+0500
2022-07-21T11:43+0500
qozogʻiston
transafgʻon temir yoʻli
iqtisod
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/13/26314662_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_6c3c9470cddf389b424fdff6f67b6f7a.jpg
TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik. Qirgʻizistonda boʻlib oʻtayogan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Qozogʻiston “Termiz - Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” temir yoʻli qurilishida ishtirok etishga tayyorligini maʼlum qildi.Eslatib oʻtamiz, 18 iyul kuni Afgʻoniston hududida “Termiz-Peshovar” temiryoʻl aloqasini oʻrnatish boʻyicha Oʻzbekiston, Pokiston va Afgʻonistonning qoʻshma loyihasining yoʻnalishi va texnik-iqtisodiy asoslarini aniqlash boʻyicha ekspeditsiya ishlari boshlangandi.Mazkur transafgʻon temir yoʻli loyihasining taxminiy qiymati 5 milliard dollarni tashkil etadi. Uzunligi 600 km boʻlgan temir yoʻli Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Pokistonning yirik dengiz portlariga chiqish yoʻlini ochadi.Loyiha toʻliq amalga oshirilgach, Pokistondan Oʻzbekistonga yuk tashish 35 kun emas, 3-5 kun davom etishi, bitta standart yuk konteynerini tashish narxi qariyb uch barobarga arzonlashishi kutilmoqda. Shu bilan birga, ushbu yoʻnalish boʻyicha yuk tashish hajmi 10 million tonnaga yetishi mumkin.Oʻzbekiston bu loyihani "asr loyihasi" deb atamoqda. Xususan, transafgʻon temir yoʻli respublika eksport salohiyatini oshirishiga va tranzit xarajatlarni kamaytirishiga, Janubiy Osiyo bozorlariga va dengiz portlariga yaqin va arzon chiqish yoʻli ochishiga umid qilmoqda."Rossiya temir yoʻllari" Oʻzbekiston bilan birgalikda transafgʻon temir yoʻlining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishga tayyorligini bildirgan.Maʼlumot uchun, bugun Choʻlponotada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda.
qozogʻiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/13/26314662_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_f81d4c776c8f3df924152b6553d21b6f.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
qozogʻiston, transafgʻon temir yoʻli
Qozogʻiston transafgʻon temir yoʻli qurilishida ishtirok etish istagini bildirdi
Qozogʻiston temir yoʻllarning yer ustki qurilmalari uchun materiallar bilan uzluksiz taʼminlab, harakatdagi sostav taqdim qilishi mumkin.
TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik. Qirgʻizistonda boʻlib oʻtayogan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Qozogʻiston “Termiz - Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” temir yoʻli qurilishida ishtirok etishga tayyorligini
maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, Qozogʻiston temir yoʻllarning yer ustki qurilmalari uchun materiallar bilan uzluksiz taʼminlab, harakatdagi sostav taqdim qilishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, 18 iyul kuni Afgʻoniston hududida “Termiz-Peshovar” temiryoʻl aloqasini oʻrnatish boʻyicha Oʻzbekiston, Pokiston va Afgʻonistonning qoʻshma loyihasining yoʻnalishi va texnik-iqtisodiy asoslarini aniqlash boʻyicha ekspeditsiya
ishlari boshlangandi.Mazkur transafgʻon temir yoʻli loyihasining taxminiy qiymati 5 milliard dollarni tashkil etadi. Uzunligi 600 km boʻlgan temir yoʻli Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Pokistonning yirik dengiz portlariga chiqish yoʻlini ochadi.
Loyiha toʻliq amalga oshirilgach, Pokistondan Oʻzbekistonga yuk tashish 35 kun emas, 3-5 kun davom etishi, bitta standart yuk konteynerini tashish narxi qariyb uch barobarga arzonlashishi kutilmoqda. Shu bilan birga, ushbu yoʻnalish boʻyicha yuk tashish hajmi 10 million tonnaga yetishi mumkin.
Oʻzbekiston bu loyihani "asr loyihasi" deb atamoqda. Xususan, transafgʻon temir yoʻli respublika eksport salohiyatini oshirishiga va tranzit xarajatlarni kamaytirishiga, Janubiy Osiyo bozorlariga va dengiz portlariga yaqin va arzon chiqish yoʻli ochishiga umid qilmoqda.
"Rossiya temir yoʻllari" Oʻzbekiston bilan birgalikda transafgʻon temir yoʻlining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishga
tayyorligini bildirgan.Maʼlumot uchun, bugun Choʻlponotada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi boʻlib
oʻtmoqda.