Rossiya

Rossiya gazdan shantaj uchun foydalanmaydi – Peskov

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishZamestitel rukovoditelya administratsii prezidenta RF, press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov pered nachalom press-konferentsii prezidenta RF Vladimira Putina i prezidenta Belorussii Aleksandra Lukashenko po itogam peregovorov v Moskve.
Zamestitel rukovoditelya administratsii prezidenta RF, press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov pered nachalom press-konferentsii prezidenta RF Vladimira Putina i prezidenta Belorussii Aleksandra Lukashenko po itogam peregovorov v Moskve. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bu mutlaqo yolgʻon bayonot va Kreml buni qatʼiyan rad etadi.
TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik. Gaz sohasida Rossiyadan hech qanday bosim va shantaj haqida gapirishning iloji yoʻq, “Gazprom” barcha majburiyatlarini bajaradi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi.
“Soʻnggi kunlarda biz juda koʻp taʼnalarni eshitdik. Fon der Lyayen xonim (Yevropa komissiyasi rahbari Ursula)dan ham, Yevropa Ittifoqining boshqa vakillari va Yevropa poytaxtlaridan ham Rossiya gaz bilan bogʻliq vaziyatdan shantaj, siyosiy bosim va boshqalar uchun foydalanmoqda, degan haqoratlarni eshitamiz. Prezident Putin Tehronda qilgan toʻliq bayonotlarida, shuningdek, Strategik tashabbuslar agentligida kecha boʻlib oʻtgan tadbirda hech qanday bosim yoki shantaj haqida gapirish mumkin emasligini juda batafsil tushuntirdi”, dedi Peskov jurnalistlarga.
Uning taʼkidlashicha, bu mutlaqo yolgʻon bayonot va Kreml buni qatʼiyan rad etadi.
“Prezident Tehronda aniq aytdi: “Gazprom” barcha majburiyatlarini bajardi, bajarmoqda va bajaradi”, deya qoʻshimcha qildi Peskov.
Yangiliklar lentasi
0