Rossiya neftini zarariga sotmaydi – Novak

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMinistr energetiki RF Aleksandr Novak
Ministr energetiki RF Aleksandr Novak - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya neftining narxi yoqilg‘i qazib olish narxidan past bo‘lsa, u holda Rossiya jahon bozorlariga neft yetkazib bermaydi, dedi Novak.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Agar Rossiya neftining narxi yoqilg‘i qazib olish narxidan past bo‘lsa, u holda Rossiya jahon bozorlariga neft yetkazib bermaydi, dedi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak “Perviy kanal”ga bergan intervyusida.
“Agar [“Katta yettilik” mamlakatlari] aytayotgan bu narxlar neft qazib olish xarajatlaridan past bo‘lsa, tabiiyki, Rossiya bu neftni jahon bozorlariga yetkazib berishni ta’minlamaydi, ya’ni biz zararimizga ishlamaymiz”, - deya ta’kidladi u.
“Katta yettilik” davlatlari Rossiya neftiga narxlarning yuqori chegaralarini kiritish imkoniyatlarini faol o‘rganmoqda, shuningdek, Moskvaning eksport daromadlarini cheklash bo‘yicha boshqa chora-tadbirlarni joriy qilmoqda. Biroq, bunga Yevropa Ittifoqi tomonidan ham, xorijiy kompaniyalarning ixtiyoriy rad etishlari bilan ham erishilgani yo‘q.
Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sergey Rabkov G‘arbning Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini joriy etish rejalarini psixologik urushning yana bir elementi deb atadi.
Avvalroq, prezident Vladimir Putin Rossiyadan neft yetkazib berishga cheklovlar joriy etilgan taqdirda uning narxi keskin oshaishini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb neft masalasida gaz bilan bo‘lgani bir xatoni qayta takrorlamoqda.
“Hozir biz Rossiya nefti hajmini cheklash, Rossiya neftining narxini cheklash haqida har xil yolg‘on fikrlarni eshitapmiz. Bularning barchasi xuddi gaz bilan sodir bo‘layotgan narsa”, - degan edi Putin.
Yangiliklar lentasi
0