Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Tongda qanday yengil uyg‘onish mumkin - mutaxassis tavsiyasi

Son - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2022
Obuna bo‘lish
Ko‘pchilik tongda uyg‘onishga qiynaladi. Mutaxassis bu borada o‘z tavsiyalarini berdi
Xronotip - ya’ni inson va boshqa mavjudotlar kundalik ritmning individual xususiyatlarining- ikki turi bor: “boyo‘g‘li” va “to‘rg‘ay”. Biroq, tongda uyg‘onishni osonlashtirish uchun bir qancha “layflax”lar ham yo‘q emas.
Shifokor Tatyana Grigoryeva bir qancha maslahatlar berdi.
Shifokorning aytishicha, uyqudan oldin, albatta yotoqxonani shamollatish kerak. Chunki toza havo va yengil shabada, tezroq uyquga ketishga va sifatiga ta’sir qiladi.
Uxlashdan oldin to‘yimli va hazmi og‘ir taom iste’mol qilmaslik lozim. Chunki bu noqulayliklar tug‘dirish bilan bir qatorda, oshqozon-ichak trakti uchun kasalliklarga sabab bo‘ladi.
“Uyg‘otkich soatni aniq vaqtga qo‘yib, tongda ko‘zlarni ochish bilanoq, tezda turiga odatlanish kerak. Uyg‘ongandan so‘ng 10-15 daqiqa hech qanday harakatsiz yotishdan voz kechish kerak”, - deydi shifokor Tatyana Grigoryeva.
Uyg‘ondan keyin esa yotoqxonani shamollatish va bir stakan suv bilan kunni boshlash salomatlik uchun ijobiy ta’sir qiladi.
Unutmaslik kerakki, sifatli uyqu- barakali kunning asosi, deydi Grigoryeva.
Yangiliklar lentasi
0