Jamiyat

Yil yakuniga qadar quriladigan optik tolali aloqa liniyalari uzunligi maʼlum boʻldi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishSetevoye oborudovaniye v servernoy
Setevoye oborudovaniye v servernoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston simli Internet resurslarining yuklanish tezligi boʻyicha Armaniston, Qozogʻiston, Turkiya va Ozarbayjon davlatlarini ortda qoldirdi.
TOSHKENT, 21 iyul — Sputnik. Yil yakuniga qadar respublika miqyosida 620 minga yaqin portli keng polosali tarmoq qurilmalari oʻrnatiladi. Bu haqida AOKAda oʻtkazilgan brifingda "Oʻzbektelekom" AK axborot xizmati rahbari Temur Mamajonov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, yil yakuniga qadar 50 ming km.dan ziyod optik tolali aloqa liniyalari quriladi.
“Mobil aloqa operatorlari tarmoqlarida toʻrt mingta yangi tayanch stantsiyalari oʻrnatish va transport telekommunikatsiya tarmogʻini oʻtkazuvchanlik qobiliyatini viloyat markazigacha 700, tuman markazlarigacha 80 Gbit/sek gacha yetkazish rejalashtirilgan”, deydi Temur Mamajonov.
Temur Mamajonovning soʻzlariga koʻra, shu yilning birinchi yarmida Oʻzbekistonda 23 ming km dan ziyod optik tolali aloqa liniyalari qurildi.
Amalga oshirilayotgan ishlar esa xalqaro reytinglarda oʻz aksini koʻrsatmoqda.
Speedtest Global Index reytingi natijalarida mamlakatda simli Internet resurslarining yuklanish tezligi boʻyicha – 40,16 Mbit/sek tezlik bilan 182 ta davlat ichida 86-oʻrinni egalladi.
Britaniyaning Cable.co.uk portali maʼlumotlariga koʻra, dunyo reytingida Oʻzbekiston mobil internet arzonligi boʻyicha 21-oʻrin, keng polosali simli internet arzonligi boʻyicha esa 19-oʻrinda turibdi.
Qolaversa, BMT Xalqaro elektr aloqa ittifoqining oʻtgan yilgi hisobotiga koʻra, Oʻzbekiston keng polosali mobil internet narxlari boʻyicha BMTning 2 foizlik koʻrsatkichini bajargan 4 davlat qatoridan joy olgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq shu yilning oʻzida optik tolali aloqa liniyalarni qurishni 60 ming km.ga yetkazish maʼlum qilingandi. 2026 yilga qadar esa Oʻzbekistondagi barcha aholi yashash maskanlari yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻi bilan toʻliq qamrab olinishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0