Jamiyat

Amudaryo qirgʻovuli oʻz polaponlari bilan sayrga chiqdi - video

© Sputnik / Ilya Naymushin / Fotobankka oʻtishFazan obыknovennыy v volyere parka florы i faunы "Royev ruchey" v Krasnoyarske.
Fazan obыknovennыy v volyere parka florы i faunы Royev ruchey v Krasnoyarske. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ayni kunlarda yovvoyi hayvon va qushlarning koʻpayishi kuzatilmoqda.
TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. Amudaryo qirgʻovuli oʻz polaponlarini yoʻldan oʻtkazayotgan jarayoni mobil tasvirga muxrlandi. Bu haqida Xorazm viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabar berdi.
Xorazm milliy tabiat bogʻida Amudaryo qirgʻovuli va uning polaponlari tasvirga olingan.
Aytilishicha, shu kunlarda bogʻda ona qirgʻovullarning oʻz bolalarini ergashtirib yurganini juda koʻp uchratish mumkin boʻlmoqda.
Tabiiy toʻqayzorlarning keskin kamayishi va brokenerlik sababli qirgʻovullarning soni keskin qisqarib ketgan edi. Olib borilgan ishlar natijasida ularning soni yana kupaymoqda.
“Amudaryo boʻyidagi tabiiy toʻqayzorlarning Davlat ekologiya qoʻmitasi tasarrufidagi Xorazm milliy tabiat bogʻi tarkibiga kiritilgani va hozirda ushbu hududlarning doimiy muhofazaga olingani oʻz natijasini bermoqda, yaʼni yovvoyi hayvon va qushlarning koʻpayishi kuzatilyapti”, deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, qirgʻovul Xorazm vohasidagi endemik qushlar toifasiga kiradi. U makkajoʻxori, bugʻdoy, arpa, suli, tariq va yashil oʻsimliklar bilan oziqlanadi.
Yangiliklar lentasi
0