Kolumnistlar

AQShda Rossiyani “terrorizm homiysi” deb eʼlon qilishga tayyorlanishmoqda

© AFP 2022 / STEFANI REYNOLDSGossekretar SSHA Entoni Blinken vыstupayet vo vremya press-konferentsii v Nusa-Dua na indoneziyskom kurortnom ostrove Bali 9 iyulya 2022 goda.
Gossekretar SSHA Entoni Blinken vыstupayet vo vremya press-konferentsii v Nusa-Dua na indoneziyskom kurortnom ostrove Bali 9 iyulya 2022 goda. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Umuman olganda, amerikalik qonunchilarning tashabbuslari ahmoqona tuyuladi. Ikki yuz yildan ortiq bir gala terrorchi-separatistlar qoʻlida qolgan davlat ming yillik Rossiya imperiyasi uchun masxara qiluvchi soʻzlarni qidirish bilan ovora.
Odatda “terrorizm homiysi” maqomini Vashington oldida aybdor boʻlgan mamlakatlarga Davlat Departementi beradi. Ammo uning hozirgi rahbari Toni Blinken Rossiyaga qarshi bu ishni qilishga shoshilayotgani yoʻq. “Shaxsan men ruslarning ukrainlarga nisbatan terror qilayotganiga shubhalanmayman- ammo masala shundaki, (bu borada hozir huquqshunoslar ish olib borishyapti) biz bu maqomni berishga yetarli asoslarimiz boʻlishiga ishonch hosil qilishimiz kerak”, - degan edi u aprel oyi Senat oldida.
Davlat departamenti huquqshunoslari ham hech qayerga shoshmadi. Va nihoyat, kongress spikeri, demokrat xonim Nensi Pelosining bu joniga tegdi. Yaqinda u Blinkenga telefon qildi va agar davlat departamenti bu ovoragarchilikni choʻzadigan boʻlsa, u kongress orqali Rossiyani “terrorizm homiysi” sifatida tan olishni koʻzda tutadigan qonun kiritishini aytgan. Bu haqida Politico nashri xabar berdi.
Mamlakatga “terrorizm homiysi” maqomini berish toʻgʻrisidagi konunni qabul qilish tartibi ancha murakkab. Biroq, hozirda demokratlar kongressda koʻpchilikni tashkil qilayotgan ekan, bu amalga oshishi ham mumkin. Yana bir masala shundaki, noyabrdagi saylovlarda demokratlar koʻpchilikni yoʻqotadi- AQShga bu davrga qadar oʻzga sayyoraliklar hujum qilib qolmasa, albatta. Hozir vaqt shunday- hech nimani istisno etib boʻlmaydi. Xullas, savol: Pelosi saylovga qadar bu qonun loyihasini kongress orqali kiritishga ulguradimi? Qolaversa, avgust taʼtillariga ham oz qoldi.
Xoʻp, mana shu qonun qabul qilinganda ham Vashingtonga nima foyda boʻladi? Nazariy olib qaraganda, Shtatlar “terrorizm homiysi” deb nomlangan mamlakatning vakillari- diplomat shaxslardan immunitet qaytarib olinishi mumkin. Mamlakatning oʻziga esa navbatdagi “doʻzaxiy” sanktsiyalar qoʻllaniladi.
Amaliyotda esa buning hammasi puch. Mayli, diplomatik aloqalarni uzamiz ham. Rossiyaning koʻp yillik tarixida Qoʻshma Shtatlar bilan diplomatik aloqalari faqat qisqa, oʻtkinchi epizod boʻlgan. 1807 yilda rus podshosi oʻsha paytdagi global tuzum tomonidan nafratlangan bu bechora separatislarni tan olgan. 1918 yilda amerikalik sheriklar toʻsatdan Murmansk va Arxangelskni bosib olishga harakat qilishdi. Ularning tanobini tortib qoʻyishdi va haydab chiqarishdi. 1917 yildan 1933 yilgacha mamlakatlar oʻrtasida aloqalar boʻlmagan. Xoʻsh, nim qilibdi shunga?
Eʼtibor bering: Vashington diplomatik munosabatlarni 1933 yilda, amerikaliklar Buyuk depressiya natijasida yuzaga kelgan ocharchilikdan ommaviy ravishda halok boʻlayotgan paytda tiklashga harakat qilgan. Sovet Ittifoqi esa bu paytda rekord surʼatlarda rivojlangan. Shunday gumonlar borki, hozirgi Buyuk retsessiya ham amerikaliklarni xuddi oʻsha holatdagi koʻyiga solishi mumkin. Va allaqachon, hozirning oʻzida ularning chorak qismi - toʻyib ovqat yemayapti, yaʼni chiroyli siyosiy soʻzlar bilan ifodalaydigan boʻlsak, “ovqatni oʻtkazib yuboryapti”. Rivojlanishda davom etamiz- ular yana aylanib-oʻrgilib munosabatlarni yaxshilash uchun kelishadi.
“Doʻzaxiy” sanktsiyalarga kelsak, Amerika rahbarining xotira bilan muammolarini hisobga olamiz va hamkorlarimizga eslatib qoʻymoqchimizki, ular bizga qarshi sanktsiyalarni allaqachon qoʻllashgan. Ammo ularni kiritish Vashington uchun shu qadar ogʻir botdiki, sanktsiya ketidan yana sanktsiya qoʻllashdi. Avval oʻgʻitlar va oziq-ovqatlar boʻldi, endi bunda qishloq xoʻjaligi, energetika sohasidagi bitimlar. Keyinchi? Balki kiritish yoki chekinishni allaqachon hal qilish vaqti kelgandir?
Agar yangi sanktsiyalar energetika sohasiga taʼsir qilsa, Rossiya AQShga boyitilgan uran, yaʼni Amerika AESlari uchun suv va havodek kerak boʻlgan moddani yetkazib berishdan voz kechadi. Keyin qanday qilib rejim oʻz fuqarolarini elektr bilan taʼminlaydi? Xuddi Shri-Lankadekmi? Omadini bersin.
Ehtimol, yangi qonunning qabul qilinishi bilan bizning mamlakatimiz uchun qandaydir imidj yoʻqotishlari boʻlar. Ammo bundan sheriklarimizga shunday muammoki, ularning oʻzlari “yumshoq kuchlar” instrumentlarini sindirishdi. Ular ishlamay qoʻyishdi. Ular amerikaliklarning oʻzini qiynaydigan boʻlishdi.
“Terrorizm homiysi” degan haqoratni oʻylab topgan mamlakat oʻz tarixi davomida begona hududlarni egallab olgan va baxtiqaro mahalliy aholini ommaviy qirgʻin qilganini butun dunyo yaxshi biladi. Xitoylik oʻrtoqlar amerikaliklarning tub aholisidan tortib butun dunyo boʻylab sodir etgan qirgʻinlarning koʻplab roʻyxatlarini tuzishdi. Roʻyxatlar hayratlanarli. Oʻsha amerikaliklarning oʻzi nazorat qiladigan Vikipediyada ham buni koʻrishingiz mumkin. Xoʻp, unda nimalar keltirilgan? Vashington tomonidan bosib olingan oʻnlab mamlakatlar, millionlab qurbonlar, sanoat miqyosida yadroviy, kimyoviy va biologik qurollardan foydalanish... Gitler hayratdan yoqa ushlaydi buni koʻrib.
Ular esa bu “homiylik yorligʻi”ni shunchaki odamlarni himoya qilayotgan Rossiyaga yopishtirishga harakati qilishmoqda. Yoʻq, bunga hech kim laqqa tushmaydi. Qolaversa, bunday narsalar, xitoylik oʻrtoqlar taʼbiri bilan aytganda uni jamoatchilik fikrida koʻtarish mumkin.
Yangi mustamlakachilik qoʻrgʻoniga dadil qarshilik koʻrsatayotgan mamlakat butun dunyo odamlari qalbini zabt etishi muqarrar. Rossiya bugun Vashingtonning global qudratiga putur yetkazayotgan dovyurak partizandir. Tabiiyki, kichik partizanlar ham unga ergashadi. Va hatto partizanlik qilishni istamagan mamlakatlar ham, bizning pinjimizga suqiladi, chunki amerikalik maxluqni faqat biz bilan yengish mumkinligini biladi. Yolgʻizlikda qoʻldan kelmaydi. Yaʼni, AQShning har qanday tahdidli ishorasi bizga nisbatan “yumshoq kuch”ni, bizning dunyoga taʼsirimizni koʻpaytiradi. Nima ham derdim, sheriklarga bu uchun rahmat albatta.
Davlat kotibi Toni Blinken- mohiyatan bizning odam, Kiyev guberniyasi aholisining avlodi- bularning hammasini yaxshi tushunadi. Ushbu “homiylik” mavzusi Amerika siyosatida bir necha bor paydo boʻlgan. Davlat departamenti buni bir necha oydan buyon yakunlay olgani yoʻq.
Blinken yana bir eng oddiy narsani tushunadi. Bu Amerikaning juda muhim davlat siri, ammo men hozir aytmayman. Gap shundaki, amerikalik siyosatning bu instrumenti umuman ish bermaydi.
Hozirgi kunda davlat departamentining “terrorizm homiysi” roʻyxati da toʻrtta mamlakat bor - Eron, Suriya, Kuba, KXDR. Bularning barchasiga bu maqom hech nima qilmadi. Bu mamlakatlarda xalq ommasi hech rejimni agʻdarish uchun harakat qilishmaydi, balki oqshomda qahvaxonaga oʻtib, musiqa tinglashni davom ettirishyapti. Armiya va harbiy sanoat kompleksi, maktablar va OTMlar, tibbiyot va ishlab chiqarish xuddi tilla soatdek ishlaydi. Sanktsiyalar ham, doʻzaxiy sanktsiyalar ham, va hatto apokalissis sanktsiyalar ham qandaydir ish bermayapti. Iqtisod... Ha, iqtisod ancha yaxshi boʻlishi mumkin edi. Biroq, “terrorizm homiysi” boʻlmagan mamlakatlarda ham iqtisod halokat yoqasida turibdiku. Ularning koʻpchiligida vaziyat oʻsha mashhur terrorizm homiylarinikidanda yomonroq.
Balki, amerikaliklar Rossiyaga bu yorliqni yopishtirib, uni bu yoʻl bilan BMT Xavfsizlik Kengashidan chiqarib tashlamoqchidir? Ammo bunga tashkilot reglamentining oʻzi qarshilik qiladi. Rossiya -Xavfsizlik Kengashining taʼsischi davlati va veto huquqiga ega doimiy aʼzosi. Bu borada biror nimaga erishish uchun amerikaliklar shunchaki butun BMT ni yoʻq qilishlari kerak boʻladi. Ammo bu yerda ham hech nima oʻxshamaydi.
Undan Pelosi va Blinken oʻrtasidagi qoʻngʻiroqlardan maqsad nima? Bunday vahima nega kerak? Chunki, Ukraina AQSH uchun sekin ammo muqarrar holda ikkinchi Afgʻonistonga aylanib bormoqda. Gʻarbning qurol yetkazib berishlari esa tugayapti. Ularga qoʻshilib yuzlab xorijiy – ular orasida amerikaliklar ham bor- yollanma askarlar ham tugayapti. Har kuni Kiyev rejimi odamlari va hududlarini yoʻqotyapti.
NATO ittifoqchilari esa gʻazabda. Vengriya Ukrainaga qurol yetkazib bermasligini maʼlum qilyapti, Germaniya esa “onam bilan qasam ichamanki”, nemis qurollari tugadi deyapti. Hamma sanktsiyalarga bardosh qolmaganini oshqora bildirmoqda.
Ukraina yuqorisida ham qandaydir gʻimir-gʻimirlar boshlandi. Zelenskiy zudlik bilan Bosh prokuror va Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbarini lavozimidan ozod etdi. “Atrofda faqat xiyonat, qoʻrqoqlik va yolgʻon”.
Amerikalik qonunchilar yana biroz vaqtni choʻzib turish uchun oʻylashyapti: balki Zelenskiyga oxir-oqibat biror yoqimli narsa qilish kerakdir. Fashizm gʻolibi boʻlgan mamlakatni “terrorizm homiysi” deb eʼlon qilish, bu AQShning oʻz obroʻsiga zarba boʻladi. Vashington fashistlar Germaniyasining ishini ochiqdan-ochiq davom ettirayotganinga imzo chekadi.
Ukrainaning halokati AQShning oʻzi uchun oxiratning boshlanishi hisoblanadi. Bu qaygʻuli faktdan amerikaliklar oʻz xomxayollariga yashirinishga harakat qilishadi. Oʻzlari uchun halokatli boʻlgan sanktsiyalar qoʻllashadi, qandaydir “maqom”lar bilan “eʼtirof etishadi”, dushmanlar roʻyxatini tuzishadi, hammaga qurol bilan tashlanadi- xullas butun olamni boshqarishyapti. Amerika prezidentining “aqliy qobiliyatlari” bu qadar yuqumli boʻlishini kim bilibdi deysiz...
Yangiliklar lentasi
0