Italiya bosh vaziri iste’foga chiqdi

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr Italii Mario Dragi vo vremya itogovoy press-konferensii po itogam raboti sammita "Gruppi dvadsati" v Rime.
Premyer-ministr Italii Mario Dragi vo vremya itogovoy press-konferensii po itogam raboti sammita Gruppi dvadsati v Rime. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2022
Obuna bo‘lish
21 iyul kuni Italiya bosh vaziri Mario Dragi iste’foga chiqdi.
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Italiya prezidenti Serjio Mattarella bosh vazir Mario Dragining iste’fosini qabul qildi. Hukumat joriy muammolarni hal qilish uchun hokimiyatda qoldi. Bu haqda mamlakat prezidenti saytida ma’lum qilindi.
Kecha, 21-iyul kuni Mario Dragi prezident Serjio Mattarella bilan uchrashgan va unga ikkinchi marta hukumati bilan birga iste’foga chiqish niyati haqida ma’lum qilgan. Prezident Dragining iste’fosini qabul qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Italiya bosh vaziri 14-iyul kuni parlamentdagi ovoz berishdan so‘ng o‘z lavozimini tark etish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi.
Dragi 2021-yil 13-fevraldan beri Italiya bosh vaziri lavozimida ishlab kelmoqda. U o‘zining iste’fos haqidagi qarorini “hukumatni boshidanoq qo‘llab-quvvatlagan umummilliy ko‘pchilik endi yo‘q”ligi bilan izohladi.
Yangiliklar lentasi
0