Madaniyat

Moskvada “Oʻzbek sheʼriyati antologiyasi” kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi

© Sputnik / A. Sverdlov / Fotobankka oʻtishBabur Zaxireddin Muxammed na miniatyure XVI veka
Babur Zaxireddin Muxammed na miniatyure XVI veka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Unda oʻzbek adabiyotining buyuk namoyandalari asarlarining rus tiliga tarjimalari jamlangan.
TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. Moskvada “Oʻzbek sheʼriyati antologiyasi” kitobining birinchi jildi taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Unda oʻzbek adabiyotining Alisher Navoiy, Bobur va boshqa buyuk namoyandalari asarlarining rus tiliga tarjimalari jamlangan. Kitobning nashr etilishi koʻplab rus olimlari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Ular orasida Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi, kosmik plazma fizikasi sohasidagi mutaxassis Lev Zelyoniy ham bor.
U mashhur oʻzbek matematigi, astronomi Mirzo Ulugʻbekning soʻzlarini keltirib, uning kashfiyotlarini sanab oʻtdi, Rossiyaning “Spektr-RG” kosmik observatoriyasi bu kashfiyotlardan hozirgacha foydalanmoqda.
Nashr oʻz ovozini ham topdi. Audiokitobni yaratishda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Seydulla Moldaxonov ishtirok etdi. Uning soʻzlariga koʻra, ular ishga hurmat bilan yondashgan, chunki disklar Oʻzbekistondagi barcha rusiyzabon maktablarda boʻladi.
“Antologiya” tuzuvchisi shoir va adabiyotshunos, Sharq sheʼriyati boʻyicha mutaxassis Mixail Sinelnikovdir.
Loyiha Alisher Usmonov nomidagi jamgʻarma tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.
Ikkinchi kitobning chiqishi 2022 yil oxirida kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0