Jamiyat

Oʻzbekistonda 5G tarmogʻi sinovdan oʻtkazilmoqda

© AP Photo / Francisco Seco5G set
5G set - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri ijtimoiy tarmoqlarda beshinchi avlod 5G tarmogʻi sinovdan oʻtkazilgan skrinshotlar bilan boʻlishdi. Ularda yuklab olish tezligi 896 Mbit/s ga yetadi.
TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov mamlakatda 5G tarmogʻi sinovdan oʻtkazilayotganini maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, Samarqand turizm markazida 5G tarmogʻini test qilish boshlandi.
“Ushbu markaz nafaqat xalqaro tadbirlar oʻtkaziladigan va turistlar yaxshi dam oladigan joy boʻlmoqda, balki yuqori tezlikdagi sifatli xizmatlar koʻrsatishlariga imkon yaratilmoqda”, deydi vazir.
Qayd etilishicha, Oʻzbekistonda birinchi marotaba barcha mobil aloqa operatorlar hamkorligida antenna infratuzilmasini bitta machtada koʻtarib, binolar ichida ham Active DAS tizimi joriy qilindi.
Vazir taʼkidlashicha, 24-27 oktyabr kunlari Samarqand turizm markazida AKT haftaligi oʻtkaziladi.
Mazkur ishlar prezident qabul qilgan qilingan PQ-104 prezident qarori bilan mobil aloqa operatorlari uchun yaratilgan qoʻshimcha imkoniyatlar sababli amalga oshirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0