Jamiyat

Oʻzbekistonda global isish tendentsiyasi oshib bormoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSoroka nashla tenechok za derevom
Soroka nashla tenechok za derevom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bugun poytaxtda harorat +43 darajagacha koʻtariladi.
TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. Bugun kunduz kuni respublika boʻyicha quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqida Oʻzgidromet xabar berdi.
Aytilishicha, baʼzi joylarda shamol chang-toʻzonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Fargʻona viloyatining togʻ oldi va togʻli hududlarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Havo harorati +40-45 daraja, shimolda, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda +47 daraja gacha boʻladi.
Poytaxtda havo quyoshli boʻladi. Maksimal harorati +41-43 darajaga yetadi.
Togʻli hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati +30-35 daraja boʻladi.
Qayd etilishicha, iyul oyida sayyoraning koʻpgina mintaqalarida boʻlgani kabi Oʻzbekiston hududida ham global isish tendentsiyasi oshib bormoqda.
Shundan kelib chiqqan holda, Oʻzgidromet aholidan issiq ob-havoda oʻzini tutish qoidalariga rioya qilishlari va sogʻligʻiga eʼtiborli boʻlishlarini soʻramoqda.
Yangiliklar lentasi
0