Jamiyat

Pedagog kadrlar attestatsiyasi natijalari eʼlon qilindi

© Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspektsiyasiattestattsiya
attestattsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Attestatsiyada ishtirok etgan jami pedagoglarning 68 foizi ijobiy natija qayd etgan.
TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. 2022 yilning birinchi yarmida oʻtkazilgan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etgan jami pedagoglarning 68 foizi ijobiy natija qayd etdi. Bu haqda Taʼlim inspektsiyasi matbuot kotibi Shavkat Xoʻjaqulov bugun boʻlib oʻtgan brifingda maʼlum qildi.
Yakuniy natijalariga koʻra, attestatsiyada ishtirok etgan jami pedagoglarning:
· 16 ming 190 nafari, yaʼni 6 foizi oliy malaka toifasi;
· 53 ming 662 nafari yaʼni 19 foizi birinchi malaka toifasi;
· 104 ming 782 nafari yaʼni 38 foiz ikkinchi malaka toifasi olishga muvaffaq boʻlgan.
Shavkat Xoʻjaqulovning taʼkidlashicha, 22 ming 626 nafar yaʼni 8 foiz pedagoglarga mutaxassis malaka toifasi berish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilingan. 20 ming 30 nafar yaʼni 7 foiz pedagoglar esa “Mutaxassis lavozimiga muvofiq emas” deb topilgan.
Attestatsiyada ishtirok etib, past natija qayd etgan 61 489 (22,1 foiz) nafar pedagoglar oʻz ixtiyori bilan navbatdan tashqari qantashganliklari sababli ularga nisbatan salbiy qarorlar qabul qilinmagan, yaʼni amaldagi toifasi pasaytirilmagan.
Taʼkidlash joizki, ushbu attestatsiyada ishtirok etgan jami pedagoglarning 68 foizi ijobiy natija qayd etgan.
Yangiliklar lentasi
0