Rossiya Afrikaning Ukrainaga nisbatan pozitsiyasini hurmat qiladi – Lavrov

© Sputnik / MID RFMinistr inostrannix del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2022
Obuna bo‘lish
Lavrov: Tashqi bosimning misli ko‘rilmagan ko‘lamiga qaramay, bizning do‘stlarimiz Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilmadi.
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Rossiya Afrika davlatlarining Ukrainadagi va uning atrofidagi vaziyat bo‘yicha muvozanatli pozitsiyasini yuqori baholaydi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

“Bilamizki, afrikalik hamkasblarimiz Qo‘shma Shtatlar va uning Yevropadagi “satellitlari”ning o‘z xohish-irodasini hammaga aytishga, xalqaro hamjamiyatga dunyo tartibining bir qutbli modelini tatbiq etishga qaratilgan ochiq urinishlarini ma’qullamaydi. Biz afrikaliklarning Ukrainadagi va uning atrofidagi vaziyat bo‘yicha muvozanatli pozitsiyasini qadrlaymiz”, degan vazir.

“Tashqi bosimning misli ko‘rilmagan ko‘lamiga qaramay, bizning do‘stlarimiz Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilmadi. Bunday mustaqil yo‘nalish chuqur hurmatga loyiq”, degan u.
Yangiliklar lentasi
0