Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Shifokor qaysi kartoshka foydali ekanini aytdi

© Minselxoz UzbekistanaKartoshka novыy urojay
Kartoshka novыy urojay  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qaysi kartoshkaning salomatlikka foydasi koʻp va uni qanday tanlash kerak- batafsil materialimizda.
Odatda, kichik kartoshkaga qaraganda katta kartoshkani maʼqul koʻriladi. Chunki, kichik sabzavotni tozalash murakkab emas- chiqindilar kamroq boʻladi.
Shifokorning soʻzlariga koʻra, kichik kartoshkada kattasiga qaraganda koʻproq foydali vitaminlar bor. Tibbiyot fanlari nomzodi, shifokor-pediatr, nutritsiolog Irina Yuzupning aytishicha, aslida katta va kichik kartoshka bir-biridan koʻp farq qilmaydi. Farq ular tarkibidagi kraxmal koʻpligi yoki kamligida boʻlishi mumkin.
Kichik kartoshkada organik kislotalar, vitamin va minerallar koʻproq. Shuningdek, unda kraxmal kam, shuning uchun, u parhezbop boʻlishi mumkin.
Shifokor mayda kartoshkalar tezroq pishib yetilishini aytdi. Bu muhim, chunki kartoshka tarkibida inson uchun zaharli boʻlgan solanin moddasi boʻlib, issiqlik bilan ishlov berilganda, modda yoʻqoladi. Ammo, chala pishirilgan kartoshka – salomatlik uchun foydali boʻlmaydi. Organizm allergik reaktsiya yoki yalligʻlanish bilan zahar toʻplanganini bildirishi mumkin
Kartoshkaning asosiy foydasi uning poʻstlogʻida. Kartoshka qancha kichik boʻlsa, uning poʻstlogʻini artmasdan foydalanishadi. Bu esa organizm uchun foydali boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0