Toshkent aeroportidagi savdo maydonlari auksionga qo‘yildi

© SputnikV aeroportu Tashkenta otkrilsya noviy zal vileta
V aeroportu Tashkenta otkrilsya noviy zal vileta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2022
Obuna bo‘lish
Uzbekistan Airports Toshkent aeroportida joy ijarasi uchun E-auksion saytiga bir nechta lotlarni joylashtirdi.
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Toshkent aeroportidagi umumiy ovqatlanish va chakana savdo shoxobchalari, savdo avtomatlari va taksi xizmati maydonlari auksionga qo‘yildi.
Uzbekistan Airports Toshkent aeroportida joy ijarasi uchun E-auksion saytiga bir nechta lotlarni joylashtirdi. Ijara maydonlarining aksariyati hozirda rekonstruksiya qilinayotgan uchib ketish zalining chap tomonida joylashgan.
Hozirda autsion uchun o‘nta lot qo‘yilgan. Uchib ketish zali va pochta-yuk kompleksida savdo avtomatlarini joylashtirish uchun joy ijaraga beriladi.
2 kv.m maydonga uchta savdo avtomati (qahva/sneklar/ichimliklar) joylashtiriladi. Lotning boshlang‘ich summasi yiliga 28,8 mln.
Ovqatlanish uchun mo‘ljallangan maydon
Umumiy ovqatlanish punktini tashkil qilish uchun uchta joy taklif etilmoqda. Ularning ikkitasi jo‘nash terminalining "steril" zonasida va bittasi estakada ostidagi maydon - hozirgi JUM kafesi.
Kafe-bar uchun uchib ketish zalida 25 kv.m va 80 kv.m maydonlar, to‘liq oshxona tashkil qilish imkoniyatisiz, ijaraga beriladi.
Talablar:
Ijarachi kompaniya umumiy ovqatlanish sohasida tajribaga ega bo‘lishi, taniqli brendga ega bo‘lishi;
TripAdvisor ma’lumotlariga ko‘ra Toshkentdagi eng yaxshi 10 ta umumiy ovqatlanish brendlari qatorida bo‘lishi.
Birinchi joyda bir kvadrat metrning boshlang‘ich qiymati 785 ming so‘m, ikkinchi joyda 390 ming so‘mni tashkil etadi.
Shuningdek, uzoq yillardan buyon JUM brendi ostida faoliyat yuritib kelayotgan kafe uchun ijarachi qidirilmoqda. Restoranda to‘liq faoliyat olib boruvchi oshxona mavjud. Umumiy maydoni 217 kvadrat metr bo‘lgan obyektning yillik boshlang‘ich qiymati 586,5 mln so‘mni tashkil etadi.
Chakana savdo uchun maydonlar:
Kitob do‘konini tashkil etish uchun – yillik boshlang‘ich qiymati 47,5 mln so‘m bo‘lgan 12 kv.m. maydon;
Esdalik sovg‘alari va gastronomik mahsulotlar do‘koni uchun – yillik boshlang‘ich qiymati 226 mln so‘m bo‘lgan 24 kv.m. ochiq maydon;
Gadjetlar va aksessuarlar do‘koni uchun – yillik boshlang‘ich qiymati 158,4 mln so‘m bo‘lgan 24 kv.m ochiq maydon;
Zargarlik buyumlari do‘koni uchun – yillik qiymati 226 mln so‘m bo‘lgan 24 kv.m. ochiq maydon.
Taksi xizmati uchun maydon
Uchib kelish zalida taksi xizmati uchun peshtaxta va ofis xonasi ham savdoga qo‘yilgan. Ariza beruvchi kompaniya uch yildan ortiq bo‘lmagan benzinli avtomashinalar parkiga, shuningdek, kamida uch yillik tajribaga ega bo‘lgan haydovchilar tarkibiga ega bo‘lishi kerak.
Terminal oldidagi birinchi qatorda har doim kamida beshta mashina bo‘lishi lozim. Lotning yillik boshlang‘ich bahosi – 188,82 mln so‘m.
Qayd etilishicha, ijarachi kompaniyalar offshor zonalarda bank hisob raqamlariga, shuningdek soliq qarzlari va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdor bo‘lmasligi lozim.
Yangiliklar lentasi
0