Jamiyat

Fuqaroni shaxsini aniqlash uchun ichki ishlar boʻlimiga olib borish amaliyotidan voz kechiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNats gvardiya i sotrudnik vnutrennix del
Nats gvardiya i sotrudnik vnutrennix del - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Fuqaroni shaxsini aniqlash uchun ichki ishlar boʻlimiga olib borish amaliyotidan voz kechiladi.
TOSHKENT, 23 iyul — Sputnik. Hukumat qarori bilan Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf boʻlinmalari xodimlari tomonidan jamoat joylarida fuqarolarni elektron identifikatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Qarorga muvofiq, 2023 yil 1 yanvardan “YE-patrul” tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi va fuqaroni shaxsini aniqlash uchun ichki ishlar boʻlimiga olib borish amaliyotidan voz kechiladi.
Barcha maʼlumotlar elektron tekshiriladi va patrul-post xodimi faoliyati “bodikamera”ga tasvirga olinadi.
Nizomga koʻra, xodimlar quyidagi hollarda fuqaroni toʻxtatishi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar yoki “YE-patrul” tizimi orqali ularning shaxsini aniqlashi mumkin:
shaxs jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etgan yoxud qidiruvda deb gumon qilishga asos boʻlsa;
shaxsni sodir etilgan jinoyat yoki huquqbuzarlik haqida maʼlumotga ega deb hisoblash mumkin boʻlsa;
shaxsni ushlab turishga boshqa qonuniy asoslar boʻlsa.
Xodim shaxsni toʻxtatganda uni toʻxtatganlik sabablari va asoslarini tushuntirishi shart.
Yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjati boʻlmagan fuqaro quyidagi hollarda ichki ishlar organiga olib boriladi:
uning shaxsini planshet orqali aniqlash imkoni boʻlmaganda;
qidiruvda boʻlgan yoki bedarak yoʻqolgan shaxslar aniqlanganda;
shaxsiga aniqlik kiritish jarayonida qarshilik koʻrsatganda;
jamoat joyida huquqbuzarlik sodir etish vaqtida ushlanganda.
Yangiliklar lentasi
0