O‘zbekiston musulmonlari pravoslav madaniyat markazi qurilishini qo‘llab-quvvatladi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishMitropolit Tashkentskiy i Uzbekistanskiy Vikentiy. Arxivnoe foto
Mitropolit Tashkentskiy i Uzbekistanskiy Vikentiy. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2022
Obuna bo‘lish
Yangi me’moriy obyekt Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazi yonida barpo etiladi.
Anastasiya Svirina. Islom sivilizatsiyasi markazi va pravoslav madaniyati markazi - yaqin kelajakda O‘zbekistonda paydo bo‘ladigan ikkita yangi binodir.
Markaziy Osiyo mitropolit okrugi rahbari, Toshkent va O‘zbekiston mitropoliti Vikentiy Moskvada diniy mavzudagi davra suhbati boshlanishidan oldin arxitektura obyektlari qurilishi haqida Sputnik muxbiriga so‘zlab berdi.
Davra suhbatining mavzusi – “MDH davlatlari diniy birlashmalarining ekstremizm va terrorizmning oldini olishda tutgan o‘rni”. O‘zbekiston bu borada Hamdo‘stlik davlatlaridagi hamkasblari bilan qanday tajriba bilan o‘rtoqlashgani haqida Sputnik materialida.

150 yillik tajriba

“Islom sivilizatsiyasi markazi va pravoslav madaniyati markazi hozir birga, yonma-yon qurilmoqda. Bu ishga prezident (Shavkat Mirziyoyev – Sputnik), hukumat, jamoat yordam bermoqda. Hatto oddiy musulmonlar ham pravoslav markaziga mablag‘ ehson qilmoqda”, — dedi mitropolit Vikentiy forumdagi chiqishi chog‘ida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu fakt O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasidagi yaxshi munosabatlarning yaqqol ko‘rsatadi. Bundan tashqari, Vikentiy rus pravoslav cherkovi O‘zbekistonda 150-yildan beri mavjudligini eslatdi. Va bu vaqt ichida respublikada diniy sabablarga ko‘ra birorta ham nizo bo‘lmagan.
Ayni paytda axloq va ma’naviyat tarbiyasi mamlakat uchun iqtisodiyotni rivojlantirish kabi muhim rol o‘ynaydi, chunki bu barqarorlikni ta’minlaydi va din bilan bog‘liq har qanday ig‘volar xavfini kamaytiradi, dedi mitropolit. Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi navbatda, mamlakat hukumai bundan xabardor, buni kamida ikkita misol ko‘rsatib turibdi.
Vikentiy birinchi navbatda O‘zbekistonda ikkita - Chirchiqda erkaklar va Do‘stobodda ayollar monastirlari qayta tiklanganini ta’kidladi. Bu qadamni Shavkat Mirziyoyev shaxsiy mablag‘i bilan qo‘llab-quvvatladi, dedi mitropolit. Shu bilan birga, bosh vaziri Abdulla Aripov tufayli Toshkentdagi avliyo Georgiy butxonasi qayta tiklandi.

Dinni onlayn o‘rganish

Ekstremizmga qarshi kurashishda aholining ta’lim sifati va diniy bilimlarini oshirish, albatta, katta ahamiyat kasb etadi, – deydi O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi birinchi o‘rinbosari Xamidjon Ishmatbekov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda oxirgi yillarda diniy ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha qator islohotlar amalga oshirildi. Xususan, mamlakatda 13 ta kasbiy diniy ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekistonda islom dini haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalishining oldini olish maqsadida Qur’on o‘rganish kurslari va din bo‘yicha onlayn darslar yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekistonda diniy adabiyotlar ikki tilda – o‘zbek va rus tillarida chop etilishi muhim, - dedi Ishmatbekov.
Bu tajriba Rossiya uchun qiziqarli, chunki O‘zbekiston kabi bu davlat ham ko‘p millatli. Shu bois, ko‘plab diniy jarayonlar o‘xshash tarzda davom etmoqda, deb hisoblaydi Rossiya musulmonlari diniy idorasi rahbari, Albir Krganov.
"Masalan, yaqinda Chuvashiyada qishloqda pravoslav cherkovi ochildi. Bu qishloqning yarmi pravoslav, yarmi musulmonlar. Cherkovning ochilish kunida musulmonlar pravoslav qishloqdoshlariga katta chiroyli gilam sovg‘a qilishdi. Bunday insoniy munosabatlar odamlarni juda yaqinlashtiradi. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston - hamma joyda turli din vakillari o‘rtasida bunday yaxshi munosabatlarning ijobiy tajribasi bor", - deb xulosa qildi u.
Yangiliklar lentasi
0