Qirg‘iziston harbiylari O‘zbekiston QK akademiyasida tahsil oladi

© Ramiz BaxtiyarovVizit nachalnika Generalnogo shtaba Voorujennix sil Kirgizstana general-mayora Erlisa Terdikbayeva v Uzbekistan
Vizit nachalnika Generalnogo shtaba Voorujennix sil Kirgizstana general-mayora Erlisa Terdikbayeva v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2022
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston harbiylari O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida tahsil oladi.
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Qirg‘iz Respublikasi Qurolli Kuchlar Bosh shtab boshlig‘i general-mayor Erlis Terdikbayev Mudofaa vazirligida O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtab boshlig‘i general-mayor Shuxrat Xalmuxamedov bilan uchrashdi.
© Ramiz BaxtiyarovVizit nachalnika Generalnogo shtaba Voorujennix sil Kirgizstana general-mayora Erlisa Terdikbayeva v Uzbekistan
Vizit nachalnika Generalnogo shtaba Voorujennix sil Kirgizstana general-mayora Erlisa Terdikbayeva v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2022
Vizit nachalnika Generalnogo shtaba Voorujennix sil Kirgizstana general-mayora Erlisa Terdikbayeva v Uzbekistan
Uchrashuv davomida har ikki davlat Qurolli Kuchlari Bosh shtab boshliqlari O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasida o‘rnatilgan do‘stona munosabatlarga alohida to‘xtalib, kelgusida uning doirasi yanada kengaytirilishiga ishonch bildirishdi.
Shundan so‘ng faxriy mehmonlar general-mayor Shuxrat Xalmuxamedov hamrohligida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasiga tashrif buyurishdi. Akademiya boshlig‘i polkovnik Bobur Shoyoqubov tomonidan mehmonlarga ta’lim maskani yaqindan tanishtirildi.
© Ramiz BaxtiyarovVizit nachalnika Generalnogo shtaba Voorujennix sil Kirgizstana general-mayora Erlisa Terdikbayeva v Uzbekistan
Vizit nachalnika Generalnogo shtaba Voorujennix sil Kirgizstana general-mayora Erlisa Terdikbayeva v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2022
Vizit nachalnika Generalnogo shtaba Voorujennix sil Kirgizstana general-mayora Erlisa Terdikbayeva v Uzbekistan
– O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasiga tashrifim bugungi imzolangan hamkorlik shartnomasi uchun juda muhim. Chunki mintaqamizdagi yetakchi oliy harbiy ta’lim muassasasidagi sharoitlar bilan yaqindan tanishish kun tartibiga kiritilgan eng asosiy vazifalardan biridir. Davlatlarimiz Mudofaa vazirliklari o‘rtasida harbiy ta’lim sohasida hamkorlikning yangi bosqichi aynan shu ta’lim maskani bilan bog‘liq holda boshlanishi o‘ziga xos ahamiyatga ega, – dedi general-mayor Erlis Terdikbayev.
© Ramiz BaxtiyarovVizit nachalnika Generalnogo shtaba Voorujennix sil Kirgizstana general-mayora Erlisa Terdikbayeva v Uzbekistan
Vizit nachalnika Generalnogo shtaba Voorujennix sil Kirgizstana general-mayora Erlisa Terdikbayeva v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2022
Vizit nachalnika Generalnogo shtaba Voorujennix sil Kirgizstana general-mayora Erlisa Terdikbayeva v Uzbekistan
Qurolli Kuchlar akademiyasidagi shart-sharoitlar, o‘quv jarayonlari va eksponatlar bilan tanishish chog‘ida Erlis Terdikbayev hukumatning harbiy ta’lim sohasiga qaratayotgan e’tiboriga yuqori baho berdi.
Kunning ikkinchi yarmida Qirg‘iz Respublikasi Qurolli Kuchlar Bosh shtab boshlig‘i O‘zbekiston Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasiga qarashli korxona va Chirchiq aviatsiya tamirlash zavodida ham bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0